Babajanova Sanabar Yuldashbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xorazm vohasi o‘tloqi allyuvial tuproqlarida kuzgi bug‘doy navlari hosildorligini oshirishda oziqlantirish me’yorlarining ahamiyati», 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Qx260.
Ilmiy rahbar: Satipov Gaipnazar Matvapaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Atabaeva Halima Nazarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Sodiqjon Obidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyatining o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doy navlarining don va somon hosildorligini oshirishda maqbul ma’danli o‘g‘it me’yorlarini ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm vohasi o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida ilk bor “Krasnodar-99”, “Pamyat`”, “Tanya” , va “Asr”, “Tabor”, “Pervisa” kuzgi bug‘doy navlaridan yuqori hosil, sifatli don va somon hosili olish maqsadida ma’danli o‘g‘itlar me’yorlarining hosildorlikka ta’siri aniqlangan;
kuzgi bug‘doy navlarining don hosili sifat ko‘rsatkichlari, o‘suv davri va rivojlanish fazalarini o‘tish muddatlari, tuplashga, barg sathiga, fotosintetik potensialiga, fotosintez sof mahsuldorligiga ma’danli o‘g‘itlar me’yorlarining ta’siri birinchi bor aniqlangan;
kuzgi bug‘doy navlarining maqbul ma’danli o‘g‘itlash me’yorlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xorazm viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doy navlaridan yuqori don va somon hosili etishtirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
kuzgi bug‘doydan yuqori don hosili etishtirish agrotadbirlarini takomillashtirish borasida “Xorazm vohasi o‘tloqi allyuvial tuproqlarida yangi va istiqbolli bug‘doy navlarining mahsuldorligi” bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 07 noyabrdagi 02/021-3529-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma Xorazm viloyat qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari, g‘alla etishtiruvchi dehqon, fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida keng qo‘llanmoqda;
ishlab chiqarish tajribalari 2016-2017 yillar mobaynida o‘tloqi allyuvial tuproq sharoitida kuzgi bug‘doy navlarining mahsuldorligini oshirish texnologiyasining bug‘doy navlari o‘sishi, rivojlanishi, don va somon hosildorligiga ta’siri bo‘yicha Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida 108 gektar, Yangiariq tumanida 95 gektar hamda Gurlan tumanida 119 gektar jami 322 gektar maydonlarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 07 noyabrdagi 02/021-3529-son ma’lumotnomasi). Bunda, kuzgi bug‘doyning “Krasnodar-99” hamda “Tanya” navlari ekilgan maydonda belgilangan o‘g‘it me’yori (azot-200, fosfor-120, kaliy-120 kg/ga) bilan oziqlantirish orqali gektariga 5-6 sentnerdan qo‘shimcha don hosili olishga erishilgan;
Xorazm viloyatining, Qo‘shko‘pir tumanida 119 gektar, Xozarasp tumanida 106 gektar hamda Xonqa tumanida 103 gektar, jami viloyat bo‘yicha 328 gektar maydonlarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 07 noyabrdagi 02/021-3529-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuzgi bug‘doyning “Krasnodar-99”, “Pamyat`” hamda “Asr” navlarini parvarishlashda ma’danli o‘g‘it N200P120K120 me’yorlari bilan oziqlantirilganda gektaridan o‘rtacha 65-70 s/ga hosil olinib, rentabellik darajasi 23,6-29,7 foizni tashkil etgan.