Namozov Fazliddin Bahromovichning

doktorlik dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tuproq unumdorligi va g‘o‘za hosildorligini oshirishda qisqa navbatlab ekish tizimlarini takomillashtirish (Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida)», 06.01.01–«Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik», (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /LA 0002285/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 18.11.2015/B2015.3-4.Qx211.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xalikov Baxodir Meylikovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Andijon qishloq xo‘jalik instituti va Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, 14.07.2016.Qx/V.24.01 (bir martalik).

Rasmiy opponentlar: Mirzajonov Qirg‘izboy Mirzajonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Oripov Razoq Oripovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Ibragimov Odiljon Olimjonovich qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jalik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi: tipik bo‘z tuproqlar sharoitida g‘o‘zani muttasil va beda: g‘o‘za almashlab (3:7) ekishda tuproq unumdorligi hamda g‘o‘za hosildorligiga ta’sirini aniqlash, tuproq unumdorligi va g‘o‘za hosildorligini oshiruvchi qisqa navbatli almashlab ekishning takomillashgan tizimlarini ishlab chiqishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida muttasil g‘o‘za va beda-g‘o‘za almashlab ekish tizimlariga taqqoslangan holda g‘o‘za-g‘alla qisqa navbatli almashlab ekish tizimlari ishlab chiqilgan;

paxtachilik majmuida oraliq ekinlar–suli, ko‘k no‘xat, javdarning ikki (suli+ko‘k no‘hat) va uch (suli+ko‘k no‘xat+javdar) komponentli aralashmalari va takroriy ekin soyani tuproq unumdorligini saqlash va oshirishdagi ahamiyati o‘rganilgan hamda ularning qisqa navbatli almashlab ekish (1:1, 1:2, 2:1) tizimlaridagi o‘rni aniqlab berilgan;

tipik bo‘z tuproqlarning unumdorligini saqlash va oshirish, g‘o‘zadan muttasil mo‘l va sifatli hosil etishtirish uchun (1:1; 1:2; 2:1) kuzgi bug‘doy ang‘iziga takroriy ekin sifatida dukkakli-don ekin soya va oraliq ekin sifatida suli, ko‘k no‘xat, javdar kabi ekinlarni ikki va uch komponentli aralashma holda ekish va ularning g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri aniqlangan;

tipik bo‘z tuproqlar unumdorligi va g‘o‘za hosildorligiga ta’siri bo‘yicha qisqa navbatli almashlab ekish tizimlari takomillashtirilgan.

   IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Tipik bo‘z tuproqlar sharoitida tuproq unumdorligi va paxta hosildorligini oshirishda qisqa navbatlab ekish tizimlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:

fermer xo‘jaliklariga qo‘llanma sifatida «Qisqa navbatli almashlab ekishni joriy etish bo‘yicha tavsiyalar» ishlab chiqilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 30.08.2016 y., 02/20-1151-son ma’lumotnomasi). Bunda tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, g‘o‘zadan mo‘l va sifatli hosil olishni ta’minlash maqsadida qisqa navbatli almashlab ekishning 1:2 kuzgi bug‘doy+takroriy ekin (soya): g‘o‘za: g‘o‘za tizimida g‘o‘zani kuzgi bug‘doy va takroriy dukkakli-don soyadan keyin faqat bir yil, 1:2 kuzgi bug‘doy+takroriy ekin (soya)+oraliq ekin (suli+ko‘k no‘xat+javdar): g‘o‘za: g‘o‘za tizimida ikki yil davomida ekib etishtirish tavsiya etilgan.

qisqa navbatlab ekishning 1:2, kuzgi bug‘doy+takroriy ekin (soya)+oraliq ekin (suli+ko‘k no‘xat): g‘o‘za: g‘o‘za, 1:2, kuzgi bug‘doy+takroriy ekin (soya)+oraliq ekin (suli+ko‘k no‘xat+javdar): g‘o‘za: g‘o‘za va 2:1, kuzgi bug‘doy+takroriy ekin (soya): kuzgi bug‘doy+takroriy ekin (soya)+oraliq ekin (suli+ko‘k no‘xat+javdar): g‘o‘za kabi navbatlab ekish tizimlari 2009–2011 yillar davomida Bo‘ka tumanida 420 gektar, 2010–-2014 yillarda Yuqori Chirchiq tumanida 320 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 27.07.2016 y., 02/20-988-son ma’lumotnomasi).

Bunda navbatlab ekishning (1:2) tizimida g‘o‘za birinchi yil parvarish qilinganda g‘o‘za hosildorligi gektariga 36,5–35,7 sentner, rentabellik darajasi 26,2–23,4 foizni, ikkinchi yil esa bu ko‘rsatkichlar tegishli ravishda 38,6–36,5 sentner va 33,4–26,2 foizni tashkil etgan. Navbatlab ekishning (2:1) tizimida ketma-ket 2 yil (kuzgi bug‘doy, takroriy va oraliq ekinlardan keyin g‘o‘za) ekilganda g‘o‘za hosili 38,6 sentner, rentabellik darajasi esa 33,4 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish