Ruziev Umid Saidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Reomannisolning qon yo‘qotish va shokda antioksidant tizim gemodinamika va buyrak funksiyalarini boshqarishga ta’siri», 14.00.16–Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib491.
Ilmiy rahbar: Karimov Xamid Yakubovich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/29.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Zokirov Yorkin Uzuevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Azizov Yorkin Xusanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro Davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qon yo‘qotish va shokda qon o‘rnini bosuvchi Reomannisolning ayrim gemodinamika ko‘rsatkichlari, lipidlarning perekisli oksidlanishi faolligi, miokard va jigarning antioksidant tizimi, buyraklarning funksional holati, elektrolitlar muvozanati va qon pHga ta’sirini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qon yo‘qotish va gemorragik shokning har xil turlarida gemodinamika ko‘rsatkichlari holati, qon rNi, elektrolitlar muvozanati va hayvonlarning yashovchanligini o‘z ichiga oluvchi miokard va jigarning erkin radikalli zararlanishi mexanizmlari kompleks baholangan. Eng kuchli o‘zgarishlar gipotenziv davrning davomiyligi eng uzun bo‘lgan gemorragik shokda rivojlanishi isbotlangan;
o‘tkir qon yo‘qotish va gemorragik shok holatida yangi qon o‘rnini bosuvchi reomannisolning gemodinamik, biokimyoviy ko‘rsatkichlar, qon pH, elektrolitlar muvozanati, gemostaz, buyrak funksiyalari va hayvonlarning yashovchanligiga ta’siri samaradorligi ko‘rsatilgan;
o‘tkir qon yo‘qotish va gemorragik shok holatida reomannisolning jigar va yurakda lipidlarning peroksidlanishi jarayonlari va antioksidant himoya holatiga tuzatuvchi ta’siri aniqlangan;
o‘tkir qon yo‘qotish va gemorragik shok holatida yangi qon o‘rnini bosuvchi reomannisolning reosorbilaktdan afzalligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qon yo‘qotish va shokda antioksidant tizim, gemodinaimka va buyrak faoliyatlarni boshqarishga mahalliy dori vositalari ta’sirini samaradorligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Favqulodda holatlarda antioksidant tizim, gemodinamika va buyrak faoliyatini boshqarish usuli» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 21 fevraldagi 8n-d/30-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma aholini orasida faviulotdagi antioksidant tizim, gemodinamika va buyrak faoliyatini yaxshilan samardorligini oshirish imkon bergan;
Qon yo‘qotish va shokda antioksidant tizim, gemodinaimka va buyrak faoliyatlarni boshqarishga mahalliy dori vositalari ta’sirini samaradorligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent Farmansevtika instituti markaziy tadqiqot laboratoriyasi va Toshkent tibbiyot akademiyasi oliy o‘quv yurtlariaro markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriyalari amaliyotiga tatbiq etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 26 fevraldagi 8n-z/24-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi o‘tkir qon yo‘qotish va gemorragik shokda infuzion terapiyaning samaradorligini qiyosiy baholash, yangi qon o‘rnini bosuvchi «Reomannisol» yanada yaqqol namoyon bo‘lgan gemodinamik, antiatsidotik va antioksidant samaradorligi asoslanib, buyraklar faoliyatiga, hujayralardagi metabolizmni tiklash, ularni oksidlovchi distruksiyadan himoya qilish va antioksidant tizimlar quvvatini oshirish imkonini bergan.