Xabilov Bexzod Nigmon Ug‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuz-jag‘ suyaklari g‘ovaksimon nuqsonlarini tiklash uchun pasta xolatidagi kompozitni ishlab chiqish va qo‘llanishini klinik-eksperimental asoslash», 14.00.21–Stomatologiya. (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1. PhD/Tib779.
Ilmiy maslahatchi: Akbarov Avzal Nigmatillaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04.30.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Keun-Woo Lee, professor (Yonsey universiteti, Janubiy Koreya); Gulyamov Surat Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pastasimon kompozit materialdan foydalanishni eksperimental asoslash orqali jag‘ suyaklari bo‘shlig‘idagi nuqsonlarni tiklash texnikasini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuz- jag‘ suyaklari bo‘shlig‘idagi nuqsonlarni tiklash uchun mahalliy suyak o‘rnini bosuvchi moddadan foydalanish mumkinligi eksperimental ravishda isbotlangan;
o‘tkir va surunkali toksiklikni usuli yordamida mahalliy osteoplastik materialning hayvonlarning azolariga toksik ta’siri o‘rganilindi va materialning biotibbiy xavfsizligini aniqlangan;
densitometriya usuli yordamida osteoplastik modda qo‘yilgan soxada suyak emirilishi yoqligi aniqlangan;
toksikologik usullar yordamida o‘rganilayotgan moddaning LD-50 2231,85 (1732,771/12730,93) mg/kg. ga tengligi aniqlandi, bu esa moddaning toksikligi kam bo‘lgan guruxga taliqligini isbotlangan;
maxalliy suyak o‘rnini bosuvchi modda-suyak chegarasi soxasida moddaning zichligi oshishi va sariq suyak orasida sodda suyak to‘sinlari mavjudligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Maxalliy suyak o‘rnini bosuvchi moddani ishlab chiqish va tadqiqot xayvonlariga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: “Eksperimentda pastasimon kompozision materialni qo‘llashda hayvonlarning suyak to‘qimasida nuqsonni tiklash jarayonining morfologik tavsiflari” (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 25 fevraldagi 8n-r/46-son ma’lumotnomasi).Ushbu uslubiy tavsiyanoma yangi maxalliy pastasimon moddani xavsizligini, bioaktivligini aniqlash imkonini bergan.
Pastasimon kompozision materialning surunkali toksikligini o‘rganish uchun gematologik ko‘rsatkichlar" (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 25 fevraldagi 8n-r/46-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma osteoplastik modda gematologik ko‘rsatkichlarni o‘rganib va bezararligi aniqlab berildi.
Yuz-jag‘ suyaklari g‘ovaksimon nuqsonlarini tiklash uchun pasta xolatidagi kompozitni ishlab chiqish va qo‘llanishini klinik-eksperimental asoslashda olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, MNIL TTA, Respublika patologikanatomiya byurosida amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 11 martdagi №8n-d/46-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotiga joriy qilish yuz-jag‘ g‘ovaksimon nuqsonlarida suyak tiklash samaradorligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish