Murodov Sherzodbek Murod o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Meva-sabzavot muhsulotlarini sotish sohasida kooperatsiya munosabatlarini shakllantirish », 08.00.04 - Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2017.2 Ph.D/Iqt 202.
Ilmiy rahbar: Xushmatov Norqul Sadullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Abdurashid Madjidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mengliqulov Baxtiyor Yusupovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot:   O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: meva-sabzavot mahsulotlarini sotish tizimida kooperatsiya munosabatlarini shakllantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
virtual savdo elektron platformalari va supermarketlar tizimidan foydalanishni ko‘zda tutuvchi meva-sabzavotlar savdosi sohasidagi kooperativlarning savdo-logistik infratuzilmasi tarkibi asoslangan hamda savdo kooperativlari tasnifi tavsiya etilgan;
meva-sabzavotchilik kooperativlarining tashkiliy tuzilmasi hamda zamonaviy resurstejamkor texnologiyalarni joriy qilish, kooperativning savdo aylanmasi va ustav fondidagi ulushi miqdori o‘zgarishini hisobga olgan holda ta’sischilarni iqtisodiy rag‘batlantirishga qaratilgan savdo-ishlab chiqarish faoliyati iqtisodiy mexanizmi asoslangan;
savdo kooperativlarida ta’sischilar tomonidan qo‘shilgan nisbiy o‘zgarmas va o‘zgaruvchi ulushlar miqdori va sifatini e’tiborga olgan holda yakuniy sof moliyaviy natijani taqsimot qilish algoritmi asosida yakuniy natijani taqsimlash uslubi ishlab chiqilgan hamda savdo kooperativlarida resurstejamkorlik va mahsulot sifatini oshirishga qaratilgan rag‘batlantirish tizimi asoslangan;
meva-sabzavot mahsulotlari savdosi sohasi kooperativlarida kooperatsiya munosabatlarining manfaatlar va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni inobatga oluvchi tashkiliy, moliyaviy hamda manfaatdorlik mexanizmlarini e’tiborga oluvchi iqtisodiy, mulkka egalik va mol-mulk tarkibini ifodalovchi mulkiy munosabatlar modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligida marketing tizimidan foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
meva-sabzavot mahsulotlarini sotish sohasida kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish zaruratini asoslangan holda kooperativlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahsulot etishtiruvchilarga harajatlarni kamaytirish uchun joriy etish yuzasidan ishlab chiqilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 14 maydagi 02/032-173-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida transport va sotish harajatlarini 10 foizga kamaytirish bilan birga mahsulot etishtiruvchilar bilan etkazib beruvchilar o‘rtasida kooperatsion munosabatlari yo‘lga qo‘yish imkoni yaratilgan;
Namangan viloyatidagi meva-sabzavot mahsulotlarini etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining tayyorlash, tashish va savdo tizimdagi nobudgarchiligini kamaytirish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 14 maydagi 02/032-173-son ma’lumotnomasi). Bunda Namangan viloyatidagi meva-sabzavot mahsulotlarini etishtiruvchi fermer xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tayyorlash, tashish va savdo tizimdagi nobudgarchligi 9 foizgacha kamaytirish va qo‘imcha foyda olishga erishishi asoslangan;
meva-sabzavot mahsulotlarini sotish tizimida kooperatsion munosabatlarni rivojlantirish maqsadida Namangan viloyatidagi meva etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun berilgan tashkiliy tavsiyalari asosida kooperatsiya tuzilmasi bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga tatbiq etilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 14 maydagi 02/032-173-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida meva etishtiruvchi fermerlar uchun tashish, sotish va yoqilg‘i harajatlari 7 foizga kamaytirishga erishilgan va qo‘shimcha daromad olish imkoni asoslangan;
meva-sabzavot mahsulotlarini sotish tizimdagi kooperatsiya munosabatlarini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalarni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 5 noyabrdagi .02/076-3477-son ma’lumotnomasi). Bunda Namangan viloyatidagi meva etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilash jarayonida foydalanishni yo‘lga qo‘yish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish