Jalilov Rashid Babakulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektroenergetika ob’ektlarining ishonchliligini kompleks tadqiq qilish metodini ishlab chiqish”, 05.05.02 – Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/T112.
Ilmiy rahbar: Sitdiqov Rashid Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Muratov Xakim Maxmudovich, texnika fanlari doktori, professor; Xudayarov Muzaffar Burxanovich, texnika fanlari doktori; Xamidov Shuxrat Vaxidovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elektroenergetika ob’ektlari ishonchliligining, energetik uskunalarning turlarini, ob’ektlarni va ularning rejimlarining faktorlarni hisobga oladigan, iste’molchilar elektr ta’minotining talab qilinadigan ishonchliligi sathini ta’minlashga yo‘naltirilgan, kompleks metodini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektr energetika tizimlari ishonchliligini ta’minlashning elektroenergetika ob’ektlari ishonchliligiga turli xil komponentlarning ta’sirini hisobga olish uchun ekspert baholardan foydalanuvchi va vazifalarning echimini ishonchlilikning texnik, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik faktorlari va normativlari asosida ta’minlashga yo‘naltirilgan kompleks tizimiy metod ishlab chiqilgan;
ishonchlilikni hisoblashda loyihalash va sinab ko‘rish va ekspluatatsiya bosqichida – ishonchlilikni hisoblashning tuzilishi va ketma-ketligini, iste’molchilar elektr ta’minotida uzilish bo‘lganda etkaziladigan zararlarni va statistik ma’lumotlar bo‘yicha ishlamay qolishgacha ishlashlarini hisobga olishning roli asoslangan va aniqlangan;
ishonchlilik ko‘rsatkichlarini hisoblashda energotizim elementlari ishlamay qolishlari taqsimot qonuniyatlarining tavsiflarini, komplekt transformator nimstansiya ishini avtomatik boshqarishning ekspluatatsiya va sinashlarda ishlamay qolishlar to‘g‘risidagi statistik axborotlar bo‘yicha ishonchlilik ko‘rsatkichlarini baholash algoritmlari ishlab chiqilgan;
tizimiy yondoshuv asosida elektroenergetika ob’ektlari ishonchliligini va tejamkorligini monitoring qilishning (axborotni yig‘ish va qayta ishlash tizimi-AYQIT) zamonaviy tizimi ishlab chiqilgan;
EET va ETTni ratsionallashtirishni, ishonchliligini, xavfsizligini, 0,4 kV kuchlanishli avtomatik o‘chirgichlarni ishlab chiqarishni va uch fazali beshta o‘tkazgich-simli TN-S tarmoqqa o‘tishni ta’minlovchi usullar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Elektroenergetika ob’ektlarining ishonchliligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kuchlanishi 110 kV nimstansiyalar kuch transformatorlarining harorat rejimlarini tekshirish metodikasi «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJning nimstansiyalarida joriy etilgan («O‘zbekenergo» AJning 2018 yil 18 iyuldagi 04-10/604-son ma’lumotnomasi). Natijada elektr energiyasi iste’molini 2% ga kamaytirish va 150 mln. so‘mni tejashga imkonini bergan;
kuchlanishi 110 kV nimstansiyalar kuch transformatorlarining ishonchlilik ko‘rsatkichlarini baholash algoritmi «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJning nimstansiyalarida joriy etildi (O‘zbekenergo» AJning 2018 yil 18 iyuldagi 04-10/604-son ma’lumotnomasi). Natijada kuch transformatorlarining ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini yaxshilashga erishilgan;
6-10/0,4 kV kuchlanishli komplekt transformator nimstansiyalarning ish rejimini avtomatik boshqaradigan mikroprotsessorli qurilma «Buxoro don mahsulotlari» AJda joriy etilgan («O‘zdonmahsulot» AKning 2019 yil 5 iyuldagi 11-2-5/186-1311-son ma’lumotnomasi). Natijada elektr energiya sarfini 2% ga tejash imkonini bergan;
6-10/0,4 kV kuchlanishli komplekt transformator nimstansiyalarning ishini avtomatik boshqarish algoritmi va dasturi «Buxoro don mahsulotlari» AJda joriy etilgan («O‘zdonmahsulot» AKning 2019 yil 5 iyuldagi 11-2-5/186-1311-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilgan algoritm va dasturdan foydalanib, komplekt transformator nimstansiyalarning ishonchlilik ko‘rsatkichlarini baholash imkonini bergan.