Gulyaev Rinat Amirovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Paxta tozalash korxonalarida paxta xomashyosi va tolani namlashning kompleks texnologiyasini yaratish usullari», 05.06.02–«To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish» (texnika fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: / texnika fanlari nomzodi /.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.T342.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Paxtasanoat ilmiy markazi» aksiyadorlik jamiyati.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, 14.07.2016.T.06.01.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Lugachev Anatoliy Evgen`evich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Korabel`nikov Andrey Rostislavovich, texnika fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Muradov Rustam Muradovich, texnika fanlari doktori, professor; Muxammadiev Davlat Mustafaevich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «O‘zstandart» agentligi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tolali materiallarning tabiiy xususiyat-larini saqlanib qolinishini ta’minlaydigan bosqichma-bosqich namlashning yuqori samarali texnologiya, uskuna va usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani jinlash jarayonidan oldin namlashning yangi qurilmalari ishlab chiqilgan;
paxta tolasini presslash jarayonidan oldin namlashning yangi usullari va qurilmalari ishlab chiqilgan;
faollashtirilgan va tuzli eritmalar qo‘llanilgan holda tolali materiallarni namlashning usullari ishlab chiqilgan;
paxta xomashyosi va paxta tolasini namlash qurilmalarining ratsional texnologik va konstruktiv ko‘rsatkichlari aniqlangan;
paxta xomashyosi va paxta tolasining dastlabki namliklarini jinlashda olinadigan paxta mahsuloti va presslanayotgan paxta tolasining sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan;
paxta xomashyosini jinlashdan va paxta tolasini esa presslashdan oldin namlashning yangi kompleks texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Paxta tozalash korxonalarida tolali materiallarni namlashning kompleks texnologiyasini yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
Texnologik jarayondagi tolali materiallarni namlash usullariga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining to‘rtta ixtiroga patenti olingan («Tolali materiallarni namlash usuli va uni amalga oshiruvchi qurilma», №IAP 02733–2005 y.; «Tolali materiallarni namlash usuli», №IAP 02731, №IAP 02732 – 2005 y.; №IAP 03995 – 2009 y.). Ilmiy natijalar bosqichma-bosqich paxta va uning tolasini namlash texnologiyasini yaratish imkonini bergan;
paxta xomashyosini jinlashdan va paxta tolasini esa presslashdan oldin namlash texnologiyalari hamda tolali materiallarning namligini aniqlash qurilmasi “O‘zpaxtasanoateksport” Xolding kompaniyasi korxonalarida, jumladan Toshkent viloyati Chinoz eksperimental hamda Bo‘ka paxta tozalash korxonalarining texnologik tizimiga va O‘zbekiston «Sifat» Markazining bo‘linmalari qoshidagi laboratoriyalarida joriy etilgan. («O‘zpaxtasanoateksport» Xolding kompaniyasining 2016 yil 30 martdagi MA-E/431XK-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining ishlab chiqarishga joriy etilishi paxta tolasi assortimentining sifatini 5 foizga yaxshilanishini, o‘rov va bog‘lov materiallarining sarfini va transport xarajatlarini 1,4 foizga kamayishini ta’minlaydi, namlikning me’yordan kamligi sababli narxdan chegirish holatlariga barham beriladi.