To‘raqulov Ulug‘bek Xolbutaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual faoliyatni tashkil etishga tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.05-Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1298
Ilmiy rahbar: Sharipov Shavkat Safarovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc. 03/30.12.2019.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent, Ismoilova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga moliy.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual faoliyatni tashkil etishga tayyorgarligini takomillashtirishning innovatsion metodikasi va texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini intellektual faoliyatga tayyorlashning pedagogik va psixologik asoslari va ular negizida mavzuni o‘rganishning o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan tarkibiy qismlari orasidagi aloqadorliklar tahliliy o‘rganilib asoslangan;
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini intellektual faoliyatga tayyorlashga ma’lumotlar bazasi va ular negizida innovatsion-integrativ ta’lim mazmuni shakllantirilgan hamda ulardan bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual faoliyatni tashkil etishga tayyorlashning mantiqiy ketma-ketligi ilmiy – metodik jihatdan asoslangan;
“Ta’lim sifati sari” nomli texnologiya va uning xarakatlar strategiyasi negizida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini intellektual faoliyatni tashkil etishga tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi hamda ulardan amaliyotda foydalanishga “Intellekt” nomli ko‘makchi kompyuterli tizim ishlab chiqilgan;
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining intellektual faoliyatni tashkil etishga tayyorgarligini takomillashtirishning dinamik tizimi ilmiy-metodik jihatdan asoslangan va undan amaliyotda foydalanishga asoslangan “Dinamik tizim” nomli kompyuterli tizim ishlab chiqilgan;
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvilarining intellektual faoliyatni tashkil etishga tayyorgarligini aniqlash va baholash tizimi ishlab chiqilgan va ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni yanada takomillashtirishga oid tavsiyalar shakllantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining intellektual faoliyatni tashkil etishga tayyorgarligini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining intellektual faoliyatni tashkil etishga tayyorgarligini takomillashtirishga oid innovatsion, axborotli, texnologik va kommunikativ kompetensiyalar tizimi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 21 avgustdagi 303-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlari DTS mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 fevraldagi 89-03-824-son ma’lumotnomasi). Mazkur kompetensiyalar tizimi pedagogika oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilariga malaka talablari, o‘quv dasturlari, darslik va qo‘llanmalarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini shakllanti-rishning tashkiliy-pedagogik tuzilmasi komponentlari hamda kasbiy faoliyatning mazmuniy ko‘rsatkichlarini sintezlash orqali bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarorining 5-ilovasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 fevraldagi 89-03-824-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarida intellektual salohiyat va kasbiy ko‘nikmalarni takomillashtirish bilan birga ularning shaxsiy va kasbiy kompetentligini yanada rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarni intellektual faoliyatni tashkil etishga tayyorlash sifat va samaradorligini oshirishni ta’minlovchi “Ta’lim sifati sari” texnologiyasi va uni amalyotga joriy etishning harakatlar strategiyasi, dasturlashtirilgan ko‘makchi kompyuterli tizim amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 fevraldagi 89-03-824-son ma’lumotnomasi). Mazkur didaktik asoslar va materiallar va o‘quv-uslubiy ta’minot bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini mustaqil va amaliy faoliyatga yo‘naltirish, o‘z o‘zini innovatsion rivojlantirishga xizmat qilgan.