Yarbabaev Azamat Asrorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dizel` moylarining kolloid-ximmotologik xususiyatlarini takomillashtirish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/T582. 
Ilmiy rahbar: Hamidov Basit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Ulug‘ Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Muxtorov Nuriddin Shamshidinovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy neft` xomashyolaridan ekspluatatsion va kolloid-ximmotologik xususiyatlari takomillashtirilgan yuqori sifatli dizel` moylarining kompozisiyalarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy dizel` moylarini kolloid-ximmotologik va ekspluatatsion xossalari aniqlangan;
mahalliy va olingan yangi dizel` moylari kompozisiyalari dvigatel ishchi ko‘rsatkichlarining ishonchliligiga ta’siri aniqlangan;
funksional qo‘ndirmalarning mahalliy dizel` moylariga ta’sir etish mexanizmlari, xususan, qovushqoqlik indeksi, past haroratda qotish, moylash, dinamik qovushqoqligi kabi kolloid-ximmologik xususiyatlarni oshirish usullari fizik-kimyoviy tahlil usullari hamda ekspluatatsion tajriba-sinovlar yordamida isbotlangan;
yuqori sifatli dizel` moy kompozisiyalarini olish uchun bazaviy moylar va funksional qo‘ndirmalarni kompaundlashning optimal nisbatlari aniqlangan;
FNQIZda ishlab chiqarilayotgan va olingan yangi dizel` moylari kompozisiyalarining ekspluatatsion xossalarini o‘zaro taqqoslash va taklif etilayotgan dizel` moy kompozisiyalarining samaradorligini isbotlash yordamida  motor moylarining sifat ko‘rsatkichni ekspluatatsion sinovlar orqali baholashning yangi metodlari ishlab chiqilgan;
bazaviy moylari va funksional qo‘ndirmalarni kompaundlab, yuqori sifatli dizel` moylari kompozisiyalarini olishning texnologik tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi moy distillyatlaridan foydalanib, yangi tarkibli dizel` moylarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dizel` moylarining qovushqoqlik indeksini oshirish usuli Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida amaliyotga joriy etilgan («UZBEKNEFTGAZ» AJning 2019 yil 3 dekabrdagi 01/17-5-226-son ma’lumotnomasi). Natijada dizel` moylari qovushqoqlik indeksini 34 punktga oshirish imkonini bergan;  
mahalliy neft` xomashyosidan yuqori sifatli dizel` moylarini olish texnologiyasi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida amaliyotga joriy etilgan («UZBEKNEFTGAZ» AJning 2019 yil 3 dekabrdagi 01/17-5-226-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy neft` xomashyolar asosida yangi kompozisiyali motor moyini ishlab chiqish orqali 35% iqtisodiy samardorlikka erishish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish