Tillaev Xolmamat Raxmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surxondaryo suvlari tarkibidagi ba’zi og‘ir va zaharli metallar ionlarini aniqlashning spektrofotometrik va sorbsion-fotometrik usullarini ishlab chiqish», 02.00.02 – Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/K275. 
Ilmiy rahbar: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05.
Rasmiy opponentlar: Aronbaev Sergey Dmitrievich, kimyo fanlari doktori; Yaxshieva Zuhra Ziyatovna, kimyo fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kadmiy (II), qo‘rg‘oshin (II), mis (II), rux (II), simob (II), xrom (III) ionlarini aniqlashning spektrofotometrik va sorbsion-fotometrik usullarini ishlab chiqish hamda bu metall ionlarining Surxondaryo daryosi suvlari tarkibidagi miqdoriy tarqalishini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mis (II), rux (II), kadmiy (II), qo‘rg‘oshin (II), simob (II) va xrom (III) ionlarini KFG-1 va TFG-1 ionitlari yordamida sorbsion konsentrlashning maqbul sharoitlari aniqlangan; 
ilk bor og‘ir va zaharli metallar (OZM) ionlarini KFG-1 va TFG-1 ionitlari bilan dastlabki konsentrlash orqali 0,13–19,5 mkg/l kadmiy (II), 0,2–7,8 mkg/l qo‘rg‘oshin (II), 0,1–1,5 mkg/l mis (II), 1–15 mkg/l rux (II), 0,12–4,4 mkg/l simob (II) va 0,12–1,8 mkg/l xrom (III) ionlarini suvli eritmalardan 0,01–0,04 chegarasidagi nisbiy standart chetlanish qiymati bilan aniqlashning sorbsion-fotometrik va spektrofotometrik aniqlash usullari ishlab chiqilgan;
OZM ionlarining suvdagi miqdorini aniqlashning sorbsion-fotometrik va spektrofotometrik usullarini qo‘llab, mis (II), qo‘rg‘oshin (II) va simob (II) ionlarini yuza suvlaridagi ruxsat etilgan konsentratsiyasining o‘ndan bir ulushi darajasida aniqlangan;
ishlab chiqilgan usullarning to‘g‘riligi va takrorlanuvchanligi, ionlar miqdorini aniqlash chegaralari metrologik baholangan, shuningdek, OZMning Surxondaryo daryosi suvlarida tarqalish hamda ko‘chish shakllari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mis (II), rux (II) va simob (II) ionlarini KFG-1 va TFG-1 ionitlari yordamida dastlabki konsentrlab, spektrofotometrik va sorbsion-fotometrik aniqlash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
mis (II), rux (II) va simob (II) ionlarini spektrofotometrik aniqlash PZ-20170926176 raqamli “Surxondaryo viloyatida erosti sho‘r suvlari tarkibidagi yod va uning birikmalarini ajratib olish” mavzusidagi loyihada suvni og‘ir metallardan tozalashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 yanvardagi 89-03-333-son ma’lumotnomasi). Natijada er osti sho‘r suvlarini og‘ir metallar ionlaridan tozalash imkonini bergan; 
og‘ir zaharli metallar ionlarini sorbsion-fotometrik va spektrofotometrik aniqlash usullari «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2020 yil 11 martdagi AA-02019-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan sorbsion-fotometrik va spektrofotometrik usullarni qo‘llab, mis (II), qo‘rg‘oshin (II) va simob (II) ionlarini oqava suvlardagi ruxsat etilgan konsentratsiyasining o‘ndan bir ulushi darajasida aniqlash imkonini bergan;
sorbsion-fotometrik va spektrofotometrik aniqlash usullari «Petromaruz Oversaes LLP» Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi doimiy vakolatli korxonasida amaliyotga joriy etilgan («Petromaruz Oversaes LLP» Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi doimiy vakolatli korxonasining 2020 yil 13 martdagi UZB 01-01/125/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan sorbsion-fotometrik va spektrofotometrik usullar yordamida tabiiy suvlar tarkibidagi og‘ir zaharli metallar ionlarining mikromiqdorlarini aniqlashda analizning oson bajarilishi va sezgirligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish