Ibragimov Davron Dastamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuz suyaklarini aralash jarohatlarida bemorlarni klinik-immunologik davolash jihatlari», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib959.
Ilmiy rahbar: Boymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Aver`yanov Sergey Vital`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Amanullaev Rustam Azimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samara davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuz skeleti suyaklarini aralash jarohatlarida klinik-immunologik xususiyatlarini xisobga olgan holda bemorlarni davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor pastki jag‘ burchagi sinishini 3D anatomiyasi tahlili asosida suyak sinig‘i bo‘laklarini mini plastinalar yordamida fiksatsiyalashda pastki jag‘ al`veolyar nervini zararlanishi profilaktikasini ta’minlovchi xavfsiz nuqtalar aniqlangan;
ilk bor yuzning pastki zonasidan aralash jarohat olgan bemorlarda pastki jag‘ni antropometrik o‘lchovlari yordamida suyak sinig‘i bo‘laklarini retromolyar sohada fiksatsiya qilishda og‘iz ichi osteosintezi bajarilgan;
yuz pastki qismining aralash jarohatlarida, kuzatiladigan immunologik o‘zgarishlar immunkorreksiyani talab qilmasligi, yuz o‘rta qismining aralash jarohatlarida immunokorreksiyani talab qilinishi isbotlangan;
yuz skeleti suyaklarining aralash jarohatlari asoratlarini oldini olishda, siniq bo‘laklarini erta repozisiya va fiksatsiya qilish samaradorligi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yuz skeleti suyaklarini aralash jarohatlarini tashhislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
«Pastki jag‘ sinishida bemorlarni kompleks reablitatsiyasining xususiyatlari» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 8 oktyabrdagi №8n-r/398-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma pastki jag‘ida sinishi bo‘lgan bemorlarni kompleks reablitatsiyasi mezonlarini aniqlash imkonini bergan.
«Yuz-jag‘ sohasi jarohatlarida bemorlarni oziqlanishi» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 8 oktyabrdagi №8n-r/399-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yuz-jag‘ sohasi jarohatini olgan bemorlarni oziqlanishi usullari va kompleks davolash imkonini bergan.
Yuz skeleti suyaklarini aralash jarohatlarini tashhislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, TTA 2 klinikasi yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limi, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 dekabrdagi №8n-r/302-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga tadbiq etilishi asosida yuz skeleti suyaklari aralash jarohati bo‘lgan bemorlarni statsionarda davolanish muddatini 2-3 kunga qisqarishi imkonini bergan.