Raximov Anvar Norimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aholiga xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishini ekonometrik modellashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida)», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt934.
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Xudayar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot univerciteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc. 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Yorqin Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aholiga xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishini ekonometrik modellashtirish bo‘yicha ilmiy–amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholiga xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini ekonometrik modellashtirishning uslubiy jihatlari hududiy shart–sharoitlar, ularga ta’sir qiluvchi omillar va mezonlarni hisobga olib, takomillashtirilgan;
ijtimoiy – iqtisodiy mexanizmlar harakati, turmush sharoiti samaradorligini ta’minlash hamda ijtimoiy infratuzilma dasturlari asosida xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishini modellashtirish strategiyasining uslubiy jihatlari takomillashtirilgan;
xizmat ko‘rsatishning har bir sohasi uchun qurilgan empirik modellar asosida jami xizmatlar sohasining rivojlanishini sifat jihatdan baholashning tizimli yondashuvlari taklif etilgan;
istiqboldagi rivojlanishni hisobga olib, hudud aholisiga xizmat ko‘rsatishning o‘rta muddatli (2020–2025 y.y.) prognoz variantlari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aholiga xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishini ekonometrik modellashtirish yuzacidan olingan ilmiy natijalar acoci:
hududiy shart–sharoitlar, ularga ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olib, aholiga xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini ekonometrik modellashtirishning uslubiy jihatlari takomillashtirilganligi O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (Davlat statistika qo‘mitasining 2019 yil 20 dekabrdagi 01/1–14–18/2–143–son ma’lumotnomasi). Bu esa xizmat ko‘rsatish sohalarining rivojlanish darajasini baholashda statistik tahlilning zamonaviy usullari, ko‘rsatkichlar tizimi, baholash mezonlari va ekonometrik modellaridan foydalanishning uslubiy jihatlarini baholash imkoniyatlarini kengaytirgan;
viloyat aholisiga xizmat ko‘rsatishning hozirgi holati, dinamikasi va rivojlanish tendensiyalarini baholash maqsadida statistik ko‘rsatkichlar tizimi va ularning axborotlar bazasi takomillashtirilganligi O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (Davlat statistika qo‘mitasining 2019 yil 20 dekabrdagi 01/1–14–18/2–143-son ma’lumotnomasi). Bu esa qo‘mitada ijtimoiy–iqtisodiy islohotlar va xizmat ko‘rsatish sohasidagi o‘zgarishlarning amalga oshirilishi holati to‘g‘risidagi statistik axborotlarning ishonchliligi, shaffofligini ta’minlash hamda zamonaviy statistik usullarni va ko‘rsatkichlarni kompleks qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirgan;
viloyat aholisiga xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining rivojlanishini tahlil etish, sintezlash, optimallashtirish va boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish maqsadida har bir xizmat ko‘rsatish tarmog‘i kesimida ko‘p omilli empirik modellarni tuzish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi amaliyotiga joriy qilingan (Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining 2019 yil 27 avgustdagi 01/1–14–10/3–396-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida viloyatda xizmat ko‘rsatish sohasini kompleks rivojlanish dasturlarini amalga oshirishda ko‘p omilli empirik modellar asosida statistik tahlil qilish, baholash va optimal variantlarini ishlab chiqishga erishilgan;
istiqboldagi rivojlanishni hisobga olib, hudud aholisiga xizmat ko‘rsatishning o‘rta muddatli (2020–2025 y.y.) taklif etilgan prognoz variantlari Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi amaliyotiga qabul qilingan (Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining 2019 yil 27 avgustdagi 01/1–14–10/3–396-son ma’lumotnomasi hamda viloyat iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasining 2019 yil 16 avgustdagi 04/789–5-son ma’lumotnomasi). Bu esa hududda 2020–2025 yillarda xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining rivojlanish bosqichlarida optimal qarorlar qabul qilish, aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda istiqboldagi imkoniyatlardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirgan.