Tursunov Xursand Muxsumovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Miokard infarktning o‘tkir davrida davolash taktikasiga mos ravishda yuraning funksional holatining”, 14.00.40–Shoshilinch tibbiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2016.1.Tib678.
Ilmiy rahbar: Alimov Daniyar Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Timur Atanazarovich, tibbiyot fanlar doktori, professor, Alavi Baxromxon Anisxanovich, tibbiyot fanlari doktori, Kenjaev Majid Latipovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: I.I.Djanelidze nomidagi Sankt-Petrburg Tez yordam ilmiy tadqiqot instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: miokard infarktning o‘tkir davrida bemorlarni davolash taktikasiga mos ravishda miokardni tuzilmaviy-funksional remodellanishining rivojlanganligini baholash va bashoratlash tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor MIKR jarayoni va infarkt miokard lokalizatsiyasiga mos ravishda koronar basseyning shikastlanishi orasidagi, shuningdek MIKR va yallig‘lanish hamda yallig‘lanishga qarshi tizim, LPO, AOS orasidagi bog‘liqliklar aniqlangan;
o‘tkir miokard infarktning birinchi kunida miokardning ishemik remodelirlanishi yurakning barcha kameralarini dilatatsiyasi va chap qorinchaning (ChQ) sferik transformatsiyasi, har ikki qorinchalarni sistolik va diastolik faoliyatining pasayshi, markaziy gemodinamika ko‘rsatkichlarini pasayishi va kichik qon aylanish doirasida bosimning ortishi, ayniqsa chap koronar arteriya (ChKA) yoki old qorinchalar aro arteriya (OQAA) shikastlanish bilan bog‘liq bo‘lgan oldingi devor O‘MIda yanada yaqqol namoyon bo‘lgan holatlar asoslangan;
LPO/AOT muvozanatini lipoperoksidatsiya va tizimli yallig‘lanish javobini faollashishi tomoniga yaqqol surilishi namoyon bo‘lishi bilan assotsirlanishi isbotlangan;
Og‘riq sindromi boshlanishining birinchi kunida kelib tushgan bemorlarda O‘MIning 7-10 kuniga kelib yallig‘lanishga qarshi sitokin-interleykin 10 (IL-10) konsentratsiyasini ortishi hamda yallig‘lanish faolligini ishonchli pasayishi va yallig‘lanish oldi sitokinlari interleykin-6 (IL-6) va o‘smaning nekroz omili-al`fa (O‘NO-al`fa) konsentratsiyasini dastlabki 12 soatda koronar arteriyalar (KA)ni stentlash o‘tkazilgan bemorlarda eng kam darajaga erishgan xolda pasayishi isbotlangan.
AOT fermentlarining faolligi ortishi, LPO faolligini aks ettiruvchi malondeal`degid (MDA) konsentratsiyasi og‘riq boshlangandan 12 soatdan kech kelib tushgan bemorlarda, shuningdek revaskulyarizatsiya o‘tkazilmagan bemorlarda ortishi, O‘MIning 7-10 kunida miokardni tuzilmaviy-funksional remodelirlanish ko‘rsatkichlari barcha davolanuvchi guruhlarda qiyosiy bo‘lgan statistik ishonchli, ammo klinik jihatdan ahamiyatsiz bo‘lgan ijobiy dinamikasi isbotlangan.
O‘MIning birinchi kuniga kelib tushgan bemorlar orasida yillik o‘lim ko‘rsatkichi 3,64%ni, o‘lim prediktorlari, erta revaskulyarizatsiya amalga oshirilmasligi, O‘NO-al`fa va IL-6 yallig‘lanish oldi sitokinlarini yuqori faolligi, katalaza faolligini pasayishi va periferik qonda MDA konsentratsiyasini ortishi ekanligi isbotlangan.
Miokard infarktning o‘tkir davrida o‘tkazilgan revaskulyarizatsiya oqibatida yil davomida LPO va tizimli yallig‘lanish faolligini yanada yaqqol namoyon bo‘lgan pasayishi bilan assotsirlanishi, chap bo‘lmacha (ChB) hajmini va chap qorincha miokard massasi (ChQMM)ni kamayishi, har ikki qorincha sistolik faoliyatini yaxshilanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Miokard infarktning o‘tkir davrida davolash taktikasiga mos ravishda yurakning funksional holatining dinamikasi va uni korreksiya qilishni takomillashtirishni baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«O‘tkir miokard infarkt bilan xastalangan bemorlarda birinchi yil oxirida noxush omillarning prediktorlari» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi 8n-z/325-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma o‘tkir miokard infarkt bilan xastalangan bemorlarda birinchi yil oxirida noxush omillar va SYuE rivojlanishining prediktorlarini aniqlash imkonini bergan; havf prektorlari bo‘lib miokard infarktining o‘tkir davrida koronaroangiografiyaning amalga oshirilmasligi va sitokinlarning nohush profili ekanligi topilgan;
miokard infarktning o‘tkir davrida davolash taktikasiga mos ravishda yurakning funksional holatining dinamikasi va uni korreksiya qilishni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent va Buxoro viloyatlari filialining shoshilinch kardiologiya bo‘limlari faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 31 yanvardagi 8n-z/14-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi miokard infarktning o‘tkir davrida davolash taktikasiga mos ravishda yurakning funksional holatining dinamikasi yaxshilash va reanimatsiya bo‘limlari bo‘lish vaqtini 3 marta qisqartirgan va kasalxonada umumiy davolanish kunlarining qisqartirishga olib kelgan, buning natijasida o‘lim holatini 2,2 marta qisqartirish imkonini bergan.