Abulimiti Yilining
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Markaziy Osiyo endemik o‘simliklarining biotsid peptidlari va ularning amaliyotga tadbiqi», 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /kimyo fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.06.2015/B2015.2.K115.
Ilmiy maslahatchi: Salixov Shavkat Ismailovich, biologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi FA akademigi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti, Sin`szyan Fizika-kimyo texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, 16.07.2013.K/B/T.13.01.
Rasmiy oppenentlar: Zaynutdinov Umardjon Nasrutdinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Lay Ren, biokimyo doktori, professor (Xitoy Xalq Respublikasi); Abdulladjanova Nodira Gulomjanovna, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Shanxay tibbiyot materiallari instituti (Xitoy Xalq Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Apiaceae oilasio‘simliklari urug‘laridanbiotsidpeptidlarini ajratib olish usulini yaratish hamda ularning strukturasi va biologik faolligini aniqlash, no‘xatdan (Cicer arietinum L.) oqsil-peptidli preparatlarini ishlab chiqarishning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Apiaceae oilasi o‘simliklari urug‘larining oqsillari va peptidlarining fizik-kimyoviy xususiyatlari va biologik (antimikrob, saratonga qarshi va antioksidant) faolliklari aniqlangan;
no‘xat niholining antimikrob peptidlarining miqdoriy tarkibi va biologik faolliklari, no‘xat tarkibiga nisbatan, yuqori bo‘lishi isbotlangan;
Apiaceae oilasi o‘simliklari urug‘larining efir moylai va kuchsiz-polyar ekstraktlaridan
84 ta quyimolekulyar moddalar ajratib olingan va antimikrob faolligi aniqlangan;
o‘simlik urug‘laridan biofaol peptidlar ajratishni samarali ul`tratovush texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ul`trafil`tratsiya uslubi yordamida peptidlarni ajratish texnologiyasi yaratilgan;
no‘xat nihollaridan antimikrob peptidlar fraksiyasini ajratishning iqtisodiy samarador va ekologik xavfsiz texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
No‘xatdan ajratilgan antimikrob peptidlar bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar va ishlab chiqilgan texnologiyalar asosida:
no‘xat ozuqa unini ishlab chiqarish (sertifikat QS652325010005), no‘xat tayyor ozuqa mahsuloti (sertifikat QS652318010036) va no‘hat va qora qorag‘at kompozit unini (ishlab chiqarish standarti Q/XSFY0001S-2014) ishlab chiqarish uchun Sin`szyan-Uyg‘ur avtonom rayonining Dori vositalarini va oziq-ovqat mahsulotlarini nazorat qilish qo‘mitasi ruxsatnomasi berilgan;
Xitoy Xalq Respublikasi patent idorasining 7 ta ixtiroga patent olingan va ishlab chiqarish korxonalariga tatbiq etilgan. Shulardan quyidagilar: no‘hatning ozuqaviy tolalaridan un tayyorlash usuli va uni qo‘llash (№: ZL200810072829.7), no‘hatdan ozuqa uni va uni tayyorlash usuli
(№: ZL200710180003.8), no‘hat nihollaridan saratonga qarshi faollikka ega bo‘lgan oqsil va peptidlarni ekstraksiyalash usuli (№: ZL201010502809.6), shivit urug‘idan biofaol oqsil va peptidlarni ajratish usuli (№: ZL201010502807.7), no‘hat nihollaridan antimikrob faollikka ega bo‘lgan peptidlarni tayyorlashning tezkor usuli (№: ZL200910113389.x). Xitoy korxonalarida
2 turdagi «No‘xatning gipolipidemik uni» va «Ozuqaviy no‘xat uni» ozuqa mahsulotlari ishlab-chiqarilmoqda. Ularning yillik ishlab-chiqarish xajmi 10 mln tonna bo‘lib, yiliga 3 mln yuan` (400000 AQSh dollari) atrofida foyda olinmoqda.