Amanov Shuxrat Baxtiyorovichning

doktorlik dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Lalmi hududlarda etishtirilayotgan moyli ekinlarning zararkunandalari va ularga qarshi kurash majmuini takomillashtirish», 06.01.09-o‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /Guvohnoma raqami LA № 0000504/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Qx87.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Gapparov Furqat Axatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, 16.07.2013.Qx.22.01.

Rasmiy opponetlarning  F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xo‘jaev Shomil Tursunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Toreniyazov Elmurat Sherniyazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Yusupova Maxpuza Numanovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi.

lalmi hududlarda etishtirilayotgan moyli ekinlarning zararkunanda turlarini aniqlash, ulardan asosiy zarar etkazadigan turlarini ajratish, asosiy zararkunandalarning biologik va ekologik xususiyatlariga asoslangan holda qarshi kurashning agrotexnik, biologik va kimyoviy usullarining samaradorligini baholashdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.

ilk bor respublikamiz sharoitida lalmi hududlarda etishtirilayotgan moyli ekinlarning zararkunanda turlari aniqlangan hamda ular asosiy, ikkilamchi va ahamiyatsiz turlarga ajratilgan;

asosiy zararkunandalarning biologik xususiyatlari va zarar etkazish darajasi baholangan;

moyli ekin maydonlarida uchraydigan tabiiy entomofaglar hamda zararkunandalar to‘planishi va oziqa manbai bo‘lgan begona o‘tlarning turlari aniqlangan;

asosiy zararkunandalarga qarshi kurashning agrotexnik, biologik va kimyoviy kurash usullari yaratilgan;

zararkunandalarga qarshi insektisidlarni qo‘llashning zamonaviy texnologiyasi sinalgan..

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Lalmi hududlarda etishtirilayotgan moyli ekinlarning zararkunandalariga qarshi kurashning majmuaviy tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:

maxsar ekini zararkunandalariga qarshi Sipermetrin 25% em.k., Atilla 5% em.k. va Avaunt 15% em.k. preparatlarini «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida ishlatish uchun ruxsat etilgan pestisidlar va agroximikatlar ro‘yxati» dan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish davlat komissiyasining 26.05.2016 y., 2-6/1-77-sonli ma’lumotnomasi). Bu esa ushbu preparatlarni amaliyotda keng ishlatish mumkinligini ta’minlaydi;

moyli ekinlarning zararkunandalariga qarshi uyg‘unlashgan himoya qilish tadbirlari Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi fermer va dehqon xo‘jaliklarida qo‘llanilgan. Bunda, lalmi hududlarda moyli ekinlardan gektariga 3,0-4,8 sentner qo‘shimcha hosil olingan va iqtisodiy samara 270-430 ming so‘m/ga. ni tashkil etgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 09.06.2016 y., 02/90-789-sonli ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish