Qosimov A’zamjon Adixamjonovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tishli tasmali uzatmaning konstruksiyasi va hisoblash usullarini takomillashtirish», 05.02.02 – Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T1004.
Ilmiy rahbar: Muxamedov Djobirxon, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Kamolxon Abbasovich, texnika fanlari doktori, professor; Sobirov Xolxuja Abbozovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tishli tasmali uzatma konstruksiyasi va hisoblash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tishli tasmali uzatma etaklanuvchi shkivining qo‘shimcha buralish burchagini aniqlash imkonini beradigan analitik ifoda shkiv tarkibidagi qayishqoq elementning deformatsiyalanishini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
etaklanuvchi shkivi tarkibli bo‘lgan tasmali uzatmalarning harakat barqarorligini belgilaydigan notekislik koeffisientini aniqlaydigan analitik ifoda takomillashtirilgan;
uzatish mexanizmida etaklanuvchi shkivi tarkibli bo‘lgan tishli tasmali uzatma bilan jihozlangan to‘rt massali mashina agregatining hisob sxemasi va matematik modeli ishlab chiqilgan;
qiya tishli tasmali uzatma tasmasining qayishqoqligini inobatga olgan holda ilashish barqarorligini ta’minlaydigan qoplanish koeffisientini hisoblash imkonini beradigan analitik ifoda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tishli tasmali uzatma konstruksiyasi va hisoblash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuritmasida tishli tasmali uzatmasi bo‘lgan kombinatsiyalashgan agregatning konstruksiyasi “BMKB-Agromash” AJda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 4 noyabrdagi 02/020-3462-son ma’lumotnomasi). Natijada kombinatsiyalashgan agregatning sanoat nusxasini ishlab chiqish imkonini bergan;
tuproqqa ekish oldidan ishlov beradigan va mayda urug‘li sabzavot ekinlarini ekadigan kombinatsiyalashgan agregat uzatish mexanizmidagi tishli tasmali uzatmaning etaklanuvchi shkivi tarkibiga rezina materialini qo‘llagan holda “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish” ilmiy-tadqiqot instituti sinov dalalarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 4 noyabrdagi 02/020-3462-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqning uvalanish sifati (25 mm dan kichik fraksiyalar miqdori) 85,68% ni, tuproq zichligi 0-5 sm qatlamdagi 1,10 g/sm3 va 5-10 sm qatlamdagi 1,14 g/sm3 ni hamda yonilg‘i sarfi 10 kg/ga bo‘lishini ta’minlash imkoni yaratilgan;
takomillashtirilgan uzatish mexanizmi va bir o‘tishda tuproqqa ekish oldidan ishlov beradigan va mayda urug‘li sabzavot ekinlarini ekadigan kombinatsiyalashgan agregat Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Namangan viloyati Namangan, Norin va Chust tumanlaridagi “Kumushtola yog‘dusi”, “Qo‘shchek Oq oltini” va “Murodjon Sheraliev” fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 4 noyabrdagi 02/020-3462-son ma’lumotnomasi). Natijada kombinatsiyalashgan agregat belgilangan texnologik jarayonlarni to‘liq bajargan hamda uning agrotexnik ko‘rsatkichlari, ya’ni tuproq tarkibidagi o‘lchami 10 mm dan fraksiyalar miqdori 77,1-86,7%, urug‘larni ekish kengligi 40 sm, ishlov berish chuqurligi 6-8 sm, begona o‘tlarning yo‘qotilishi 90-95% va urug‘larni ko‘milish chuqurligi 1,2-1,4 sm ni bo‘lishini ta’minlash imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish