Mirzaliev Sanjar Maxamatjan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mobil gidravlik mashinalari energiya samaradorligini oshirish usullarini ishlab chiqish”, 05.08.06 – G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T953.
Ilmiy rahbar: Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti, DSc.18/30.12.2019.T.09.01.
Rasmiy opponentlar: Alimuxamedov Shavkat Pirmuxamedovich, texnika fanlari doktori, professor; Aliboev Baxtiyor Abduraxmonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: «Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi» MChJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mobil mashinalardagi gidravlik tizimning energiya samaradorligini oshiruvchi usulini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
napor liniyasidagi suyuqlikning bosimini kamaytirishga qaratilgan gidrotaqsimlagich zolotnigi va nasos ish hajmini boshqarishni hisobga olib, analitik bog‘liqlik ishlab chiqilgan;
zolotnik juftligining energiya samarador ish rejimini hisobga oluvchi matematik modeli va tenglamasi ishlab chiqilgan;
o‘zgaruvchan hajmli nasos va gidrotaqsimlagich zolotnigini sinxron boshqarishda ko‘tarish gidroyuritmasining tezkorligini hisobga oluvchi usuli ishlab chiqilgan;
nasos bosim zaxirasini kamaytirish uchun ikki qismga bo‘lingan zolotnikli gidrotaqsimlagichdagi oqim va bosimning zolotnik siljishni inobatga oluvchi bog‘liqlik ifodasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mobil gidravlik mashinalarning energiya samaradorligini oshirish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlardan olingan natijalar asosida:
gidrotaqsimlagichning zolotnigini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) «Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi»ga joriy etilgan (“O‘ZAGROTEXSANOATXOLDING” AJning 2019 yil 11 sentyabrdagi SX-19-08/1541-son ma’lumotnomasi). Natijada TTZ 100HC traktorining gidrotaqsimlagichining o‘zgartirilgan konstruksiyasida napor liniyasidagi bosimni 15-20% ga kamaytirishga imkon bergan;
TTZ 100HC traktorining PVG32 modifikatsiyalangan gidrotaqsimlagichi zolotniklari juftligining shakli va parametrlari «Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi»ga joriy etilgan (“O‘ZAGROTEXSANOATXOLDING” AJning 2019 yil 11 sentyabrdagi SX-19-08/1541-son ma’lumotnomasi). Natijada traktor yonilg‘i sarfi 17% gacha kamaygan;
nasos ishchi hajmini sinxron boshqarilishi dasturi «Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi»ga joriy etilgan (“O‘ZAGROTEXSANOATXOLDING” AJning 2019 yil 11 sentyabrdagi SX-19-08/1541-son ma’lumotnomasi). Natijada silindrik ko‘tarish mexanizmining harakatlanish vaqtidagi farq 150 ms dan 35 ms gacha qisqarishiga olib kelib, traktorning ko‘tarish mexanizmi reaksiya vaqti 4 martaga ortgan;
PVG32 zolotnigini ikki qismga bo‘lish va uni elektrogidravlik boshqarilishi algoritmi «Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi»ga joriy etilgan (“O‘ZAGROTEXSANOATXOLDING” AJning 2019 yil 11 sentyabrdagi SX-19-08/1541-son ma’lumotnomasi). Natijada TTZ 100HC traktorida nasos bosim zaxirasi 0.4-1 MPa gacha kamaygan.