Dushanov Rasuljon Orifovichning dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida
fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gossipol qatroni asosida olingan bog‘lovchi materiallardan asfal`tbeton qorishmasini va bitum emul`siyasini ishlab chiqarishda hamda tom yopish ishlarida qo‘llash», 05.09.05 – Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari).
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: “Avtomobil` yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti” unitar korxonasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
II. Tadqiqotning maqsadi: gossipol qatronidan foydalanilgan holda turli xil bitumlar asosida qisman import o‘rnini bosuvchi materiallar yaratish, ularning kolloid-kimyoviy xususiyatlarini o‘rganish hamda ularni ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish va amaliy ishlatilishini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gossipol qatronida kal`siy oksidi ishtirokida funksional guruhlar hisobiga kal`siy stearatlar va gossipol qatronining kal`siyli hosilasi hosil bo‘lishi asoslangan va gossipol qatronining kal`siy birikmalarini hosil qilishi orqali gossipol qatronining qotishi isbotlangan;
gossipol qatronining kolloid-kimyoviy xossalari va dispers tizimlarning fizikaviy va kimyoviy mexanikasi qonunlarini hisobga olgan holda maqsadli modifikatsiyalash asoslangan;
gossipol qatronini monoetanolamin va kal`siy oksidi bilan modifikatsiyalab bitumsiz tom yopish kompozisiyasi yaratilgan;
sirt faol modda sifatida monoetanolamindan foydalanib fazalar va muhitning polyarligi orasidagi farqni tenglashtirish hisobiga bitumli emul`siyaning barqarorligi oshirilgan;
gossipol qatroni va monoetolamindan sirt faol modda sifatida foydalanish hisobiga asfal`tbeton uchun kompozision bog‘lovchi yaratilgan.
IV. Ixtiroga patenti: O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining “Tom yopish kompozisiyasi” (№IAP 0490, 2007 y.), “Bitumli emul`siya” (№IAP 0258, 2013 y.) va “Kompozision bog‘lovchi asosidagi asfal`t-beton qorishma” (№IAP 0111, 2018 y.) ixtiro uchun patentlari olingan. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2020 yil 8 yanvardagi 01-11/27-son xulosasi.
V. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gossipol qatroni asosida olingan bog‘lovchi materiallardan asfal`tbeton qorishmasini va bitum emul`siyasini ishlab chiqarishda hamda tom yopish ishlarida qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gossipol qatroni asosida ishlab chiqilgan organik qovushqoq tom yopish materiali “Tom yopish kompozisiyasi” “Surxon tadqiqot ta’mirlash” ilmiy ishlab chiqarish xususiy korxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llar davlat qo‘mitasining 2020 yil 24 martdagi 02-1276-son ma’lumotnomasi). Natijada tom yopish ishlarida neft` bitumini iqtisod qilish imkoni yaratilgan va neft` bitumisiz tom yopish kompozisiyasidan foydalanib, umumiy hajmi 34549120 so‘mlik ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan;
sun’iy sho‘rlangan gruntlarni barqarorlashtirish uchun «Bitumli emul`siya» O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasi tasarrufidagi korxonalarda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llar davlat qo‘mitasining 2020 yil 24 martdagi 02-1275-son ma’lumotnomasi). Natijada gruntlarning ichki ishqalanish burchagi 15%, bog‘lanish kuchi 15%, elastiklik moduli 10% va suvga chidamliligini 25% ga oshirish va ayni paytda, ko‘pchish qiymatini 20% ga hamda optimal namlikni 20% ga kamaytirish imkonini bergan. O‘zbekiston Respublikasi umumiy foydalanishdagi sun’iy sug‘oriladigan maydonlarda quriladigan I va II toifali avtomobil` yo‘llarining har 1 km qismi uchun 120 mln. so‘m mablag‘ iqtisod qilishga erishilgan;
kompozision bog‘lovchi asosidagi asfal`t-beton qorishma “Chirchiq eksperimental asfal`tobeton” zavodida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llar davlat qo‘mitasining 2020 yil 24 martdagi 02-1276-son ma’lumotnomasi). Natijada asfal`tbeton tarkibidagi bitumni 53% gacha iqtisod qilish va yaratilgan kompleks bog‘lovchidan foydalanish orqali bog‘lovchini tosh materialiga yopishishini oshirish, ish sharoitlarini yaxshilash va yo‘l qurilishi ishlarining sur’atini oshirishga erishilgan. Tadqiqot natijalari asosida issiq, zich, mayda dispersli gossipol smolali beton (marka 1, B turli) dan 510 tonna asfal`tbeton ishlab chiqarilgan. 2-tasmali 1 kilometr uzunlikdagi avtomobil` yo‘liga 5 santimetr qalinlikda yangi bog‘lovchi material asosida asfal`tobeton qorishmasini yotqizilganda 135 mln. so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
tadqiqotning asosiy natijalari me’yoriy hujjatlarda, jumladan TSh 64-22124317-001:2008 – “Gossipol smolasi asosida majmuali organik qovushqoq tom yopiladigan materiali. Texnik shartlar”, IQN 56-10 “Sho‘rlangan gruntlarda yo‘l poyini loyihalash va qurish bo‘yicha tavsiyalar”, IQN 70-12 “Yo‘l poyining suv-issiqlik tartibini boshqarishni loyihalash uslublari bo‘yicha qo‘llanma”, IQN 84-13 “O‘zbekistonning turli regionlarida avtomobil` yo‘llari gruntlarini zichlik normalari bo‘yicha yo‘riqnoma”, IQN 104-14 “Avtomobil` yo‘llarini loyihalashda yon bag‘ir va qiyaliklarning turg‘unlik darajasini hisoblash bo‘yicha yo‘riqnoma”, IQN 113-16 “Avtomobil` yo‘llarining kengaytiriladigan uchastkalaridagi yo‘l poyini turg‘unligi va mustahkamligini ta’minlash bo‘yicha yo‘riqnoma”larga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llar davlat qo‘mitasining 2020 yil 24 martdagi 02-1276-son ma’lumotnomasi). Natijada tom yopish materialida bitumdan voz kechish, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasi tasarrufidagi bir nechta avtomobil` yo‘llaridan foydalanishda gruntlarning ichki ishqalanish burchagi 15% ga, elastiklik modulini 12% ga, bog‘lanish kuchini 15% ga oshirish va yo‘l poyi balandligini 15% ga kamaytirish va xizmat muddatini uzaytirish imkoni yaratilgan.