Abrorxonova Kamolaxon Abrorxon qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini innovatsion yondashuv asosida milliy ruhda tarbiyalashning pedagogik asoslarini takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped498.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Yunusova Dilfuza Israilovna, pedagogika fanlari doktori; Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini innovatsion yondashuv asosida milliy ruhda tarbiyalashning pedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy ruhda tarbiyalashga ustuvorlik berish asosida tarbiya jarayoniga innovatsion yondashuv bosqichlari takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy ruhda tarbiyalashga innovatsion yondashuvi sinflar va yosh xususiyatlarini davrlashtirish asosida rivojlantirilgan;
didaktik, kommunikativ va dramatik o‘yin texnologiyalari integratsiyasi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy ruhda tarbiyalashning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini innovatsion yondashuv asosida milliy ruhda tarbiyalash modeli (mazmunga oid, operatsional, baholash, natijadorlik) komponentlari fanlarni integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini innovatsion yondashuv asosida milliy ruhda tarbiyalashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy ruhda tarbiyalashga ustuvorlik berishga oid takliflardan umumiy o‘rta ta’lim Davlat ta’lim standartlari mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3943-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’lim mazmuni hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim darajasi oshirilishiga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy ruhda tarbiyalashning sinflar va yosh xususiyatlari bo‘yicha davrlashtirishdan A-1-23 «Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun fanlardan mul`timediali dars ishlanmalari majmuasini yaratish» (2015-2017 yy.) amaliy loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3943-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarni milliy ruhda tarbiyalash mezonlarini takomillashtirish imkonini bergan;
o‘yin texnologiyalari integratsiyasi orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy ruhda  tarbiyalashning takomillashtirilgan didaktik ta’minotidan umumiy o‘rta ta’lim Davlat ta’lim standartlari mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3943-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini milliy ruhda tarbiyalashda fanlararo uyg‘unlikni yanada takomillashtirishga didaktik asos bo‘lib xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy ruhda tarbiyalash modeli komponentlari fanlarni integratsiyalash bo‘yicha takliflardan A-1-23 «Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun fanlardan mul`timediali dars ishlanmalari majmuasini yaratish» (2015-2017 yy.) amaliy loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3943-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarining milliy ruhda tarbiyalash indikatorlarini baholash metodikasini takomillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish