Nurmurodov Saloxiddin Dusmurodovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri:«Vol`framning ul`tradispers kukunlaridan konstruksion materiallar yaratish», ixtisoslik shifri - 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: texnika fanlari nomzodi.

Dissertatsiya mavzusi  ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.T313.

Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy  universiteti huzuridagi 16.07.2013.T/FM.02.02 raqamli ilmiy kengash

Rasmiy opponentlar: Djumbaev Alijon Bekishevich, texnika fanlari doktori, professor; Mixridinov Riskidin Mixridinovich, texnika fanlari doktori, professor; Abdullaev Fatxulla Sagdullaevich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat  konchilik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi: Qiyin eriydigan metallarning ul`tradispers kukunlarini ishlatgan holda konstruksion materiallar yaratish va vol`framning ul`tradispers kukunlarini sanoat miqyosida ishlatish uchun nazariy va amaliy asoslashdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

qiyin eriydigan metallarning ul`tradispers kukunlarini olish uchun yangi plazmokimyoviy reaktor konstruksiyasi ishlab chiqilgan;

qiyin eriydigan metallarning mayda donali kukunlaridan tayyorlangan qattiq qotishmali materiallarni presslash va pishirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;

bimetall kesuvchi hamda shtamplash asboblarini tayyorlash va tezkesar po‘latli asboblarning termik ishlov berish usullari ishlab chiqilgan;

plazmotron reaktorida bug‘lanish yashirin issiqligi bir tekisda ka-mayishi va jarayonning borishini ta’minlaydigan texnologiya ishlab chiqilgan;

bimetall kompozitlar optimal strukturaviy shakllanishi hisobiga me-tallga ishlov beruvchi asboblarning ishonchli ishlashini ta’minlovchi tezkesar po‘latga termik ishlov berish usuli ishlab chiqilgan.

  IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Qiyin eriydigan metallarni vodorod muhitida plazmokimyoviy tiklash, vol`framning ul`tradispers kukunlarini ishlatgan holda yangi konstruksion materiallar yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:

qiyin eriydigan dispers materiallarni olish va ular asosida kesish va shtamplash asboblarini tayyorlash bo‘yicha «Bimetall kesish va shtamplash asbobinini tayyorlash usuli»ga O‘zbekiston Respulikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 04728 05.06.2013y.). Ishlab chiqilgan usul kondensatsiya va gaz ko‘rinishidagi materiallardan qiyin eriydigan dispers materiallarni olish va ulardan asboblar tayyorlash imkonini bergan;

tezkesar po‘latdan yasalgan asboblarga termik ishlov berish bo‘yicha «Tezkesar po‘latdan yasalgan asboblarga termik ishlov berish usuli» O‘zbekiston Respulikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 04531 27.02.2012 y.). Ishlab chiqilgan usul po‘latdan yasalgan asboblarga termik ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish imkonini bergan;

qiyin eriydigan disperss materiallarni olish uchun qo‘llaniladigan plazmo-kimyoviy reaktor konstruksiyasi bo‘yicha «Plazmo-kimyoviy reaktor» O‘zbekiston Respulikasi Intellektual Mulk agentligining ixtiroga patenti olingan(№ IAP 04732-26.06.2013y.). Ishlab chiqilgan konstruksiya qiyin eriydigan materiallardan ul`tradispers kukun olish imkonini bergan;

vol`framning ul`tradisperss kukunlari asosida yangi tarkibdagi  konstruksion material rolik ishlab chiqarishda qo‘llanilgan («O‘zbekiston qattiq qotishmalar va o‘tga chidamli materiallar kombinati» aksiyadorlik jamiyatining 2016 yil 11 martdagi 16/22-son  ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi roliklarning xizmat muddatini 1,2-1,3 marta oshirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish