Begmatov Shermuxammad Turg‘unboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda ijtimoiy sheriklik va konsensusning roli» 23.00.02–Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Siyos93.
Ilmiy rahbar: Qirg‘izboev Muqimjon, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Ibodulla, siyosiy fanlar doktori, professor; Ernazarov Dilmurod, siyosiy fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tilldari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida jamiyatni rivojlantirish, modernizatsiya qilishda ijtimoiy sheriklik va konsensusning rolini tadqiq etishdan kelib chiqib mustaqillik davrida ijtimoiy sheriklik va konsensusga erishish tajribasi, hozirgi davrda siyosiy konsensusning fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish islohotlaridagi o‘rnini tahlil etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahondagi rivojlangan davlatlar tajribasi, xalqaro tashkilotlar me’yoriy xujjatlari, milliy qonunchilik va tajribani o‘rganish, olingan natijalar asnosida “ijtimoiy sheriklik” va “konsensus” kategoriyalari takomillashtirilib, ularni qo‘llash sub’ektlari va ob’ektlari ochib berilgan;
ijtimoiy sheriklikka oid me’yoriy xujjatlar tahlil etilib, ularni milliy qonunchilikka implementatsiya qilishdagi muammolar aniqlashtirilgan hamda echimlari yuzasidan hamkorlikning ikki tomonlama, ko‘ptomonlama hamda kompleks formatidagi tavsiyalar ishlab chiqilgan;
mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda davlat+siyosiy partiya, davlat+NNT, davlat+jamoat tashkilotlari, davlat+o‘zini o‘zi boshqarish organlari kabi formatlarda ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish lozimligi asoslangan;
O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklikka doir qonunchilikni rivojlantirish, ularni mamlakatdagi mehnat jamoalari, korxonalar, tadbirkorlik va fermerlik xo‘jaliklariga joriy qilinish jarayonlari ilmiy tahlil etilish asnosida mamlakatimizda ijtimoiy sheriklik tizimi institutsianalashganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jamiyatni modernizatsiyalash sharoitida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda ijtimoiy sheriklikni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
jahondagi rivojlangan davlatlar tajribasi, xalqaro tashkilotlar me’yoriy xujjatlari, milliy qonunchilik va tajribani o‘rganish, olingan natijalar asnosida “ijtimoiy sheriklik” va “konsensus” kategoriyalari takomillashtirilib, ularni qo‘llash sub’ektlari va ob’ektlariga doir hamda davlat va NNTlar ijtimoiy hamkorligi monitoringini olib borish kabi taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston xalq demokratik partiyasining 2020 yil 06 fevraldagi 1-116-sonli dalolatnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarning joriy etilishi davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy sheriklikka oid me’yoriy xujjatlari tahlil etilib, ularni milliy qonunchilikka implementatsiya qilishdagi muammolar aniqlashtirilgan hamda echimlari yuzasidan taklif va tavsiyalar hamda ijtimoiy sheriklik jamiyat asosiy guruhlari muhim ijtimoiy-siyosiy qiziqishlarining ro‘yobga chiqarilishi, siyosiy barqarorlikni ta’minlaydigan ijtimoiy-siyosiy munosabatlar alohida turi ekanligini retrospektiv tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan rivojlanish dinamikasi bo‘yicha taklifi Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti faoliyatiga joriy qilingan (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2019 yil 30 avgustdagi 08/1-sonli dalolatnomasi). Fuqarolik jamiyati va ijtimoiy sheriklikning o‘zaro aloqasi hamda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini rivojlantirish vazifalari, ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga doir ilmiy takliflar ijtimoiy sheriklik samaradorligini tubdan yuksaltirish imkonini bergan;
mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda davlat+siyosiy partiya, davlat+NNT, davlat+jamoat tashkilotlari, davlat+o‘zini o‘zi boshqarish organlari kabi formatlarda ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish lozimligiga doir doir fikr-mulohazalardan O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashining 2019 yil 06 dekabrdagi BM - 05/1513-sonli dalolatnomasi). Dissertatsiyada ishlab chiqilgan ilmiy natijalarning joriy etilishi davlat subsidiyalari, davlat grantlari va davlat ijtimoiy buyurtmalarini takomillashtirish asosida davlat boshqaruv organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklikka doir qonunchilikni rivojlantirish, ularni mamlakatdagi mehnat jamoalari, korxonalar, tadbirkorlik va fermerlik xo‘jaliklariga joriy qilinish jarayonlari ilmiy tahlil etilish asnosida mamlakatimizda ijtimoiy sheriklik tizimi institutsianalashganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston xalq demokratik partiyasining 2020 yil 06 fevraldagi 1-116-sonli dalolatnomasi). Tadqiqotda ishlab chiqilgan ijtimoiy sheriklik mohiyatini anglash va turli sub’ektlar hokimiyat tizimlari, kasaba uyushmalari, ish beruvchilar, jamoatchilik birlashmalari va boshqa o‘zaro hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirishga oid takliflar jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi, ijtimoiy-mehnat munosabatlari va boshqa jabhalardagi dolzarb muammolarni hal etish, jamiyatdagi ehtimolli nizolarni prognoz qilish va ularning oldini olishga xizmat qilgan.