O‘rinov Ulug‘bek Komiljonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Karbonilazot saqlovchi monomerlar va ular asosida (so)polimerlar olish texnologiyasi», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/T298.
Ilmiy maslahatchi: Maksumova Oyto‘ra Sitdiqovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmonberdiev Gappar Raxmonberdievich, kimyo fanlari doktori, professor; Abdushukurov Anvar Kabirovich, kimyo fanlari doktori, professor; Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: karbonilazot saqlovchi monomerlar hosil bo‘lishi va ular asosida polimer va sopolimerlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
morfolin, epixlorgidrin, akril va metakril kislotalari asosida tarkibida karbonil guruhi bilan bir qatorda uglerod-uglerod qo‘sh bog‘li karbonilazot saqlovchi monomerlar olingan;
morfolin va epixlorgidrin asosida olingan yangi monomer - 3-xlor-1-morfolil-izopropilakrilatning radikal polimerlanish kinetik qonuniyatlari va jarayonning texnologik parametrlari aniqlangan;
3-xlor-1-morfolil-izopropilakrilat bilan akril kislotani sopolimerlanish reaksiyasi natijasida plyonka hosil qiluvchi, suvda eruvchan sopolimerlar olingan va ular asosida kumush va misli metallorganik birikmalar hosil bo‘lishi aniqlangan;
morfolin bilan epixlorgidrinni o‘z-o‘zidan polimerlanish jarayoni va jarayonning kinetik parametrlari: reaksiyaning boshlang‘ich reagentlar bo‘yicha tartibi, polimerlanish reaksiyasining faollanish energiyasi aniqlangan;
mochevina asosida yangi mono- va dialmashingan hosilalar olingan;
melamin sintezi uchun Al2O3 va FeCl3+CaCl2 tuzlari asosida katalizatorlar olish tarkibi va usuli aniqlangan;
morfolin fragmenti mavjud bo‘lgan polifunksional birikmalarning olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Morfolin bilan epixlorgidrinning o‘z-o‘zidan polimerlanish reaksiyasi natijasida tarkibida karbonilazot saqlagan oligomerlar hosil bo‘lishi texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
morfolin va epixlorgidrin asosida oligomer olish texnik sharoiti «OʻzSTANDART» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Tsh 14825224-05:2019). Natijada morfolin va epixlorgidrin asosida oligomer olish imkonini bergan;
morfolin va epixlorgidrin asosida oligomer olish texnologiyasi «Elastomer plastik» MChJda amaliyotga joriy etilgan («Oʻzkimyosanoat» AJning 2019 yil 28 oktyabrdagi 1-6650-son ma’lumotnomasi). Natijada morfolin va epixlorgidrin asosida oligomer ishlab chiqarish imkonini bergan;
morfolin va epixlorgidrin asosida olingan oligomer «Uskunasozlash servis» MChJ, «Elostomer-plastik» MChJ va «Moʻyna hunarmand» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O’zkimyosanoat» AJning 2019 yil 28 oktyabrdagi 1-6650-son ma’lumotnomasi). Natijada mo‘ynachilikda ishlatiluvchi xorijdan keltiriladigan vanterxam antibakterial moddasini 100% almashtirish imkonini bergan.