Absalamov Akram Tolliboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy bank pul-kredit siyosati transmission mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.3.PhD/Iqt329.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Sharbat Zulfikarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ortiqov Oybek Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida Markaziy bank pul-kredit siyosati transmission mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
foiz stavka kanalining pul bozoridagi foiz stavkalariga ta’sirini oshirish maqsadida Markaziy bank obligatsiyalari, overnayt depozitlari, doimiy tusdagi depozit auksionlari, davlat qimmatli qog‘ozlari va xorijiy valyuta garovi ostida kredit auksionlari hamda overnayt kreditlarini joriy etish taklif etilgan;
tijorat banklari va boshqa iqtisodiy sub’ektlar uchun o‘zlarining iqtisodiy operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida Markaziy bank asosiy foiz stavkasini va uning koridorini belgilash asoslangan; 
iqtisodiyotning pul bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish maqsadida banklarga qisqa muddatli (odatda 2 xaftalik) kreditlar taqdim etish taklif qilingan;
milliy valyuta ayirboshlash kursini shakllantirishda tijorat banklarning birja va birjadan tashqari valyuta bozorlarida market-meyker sifatidagi rolini oshirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Markaziy bank pul-kredit siyosati transmission mexanizmini takomillashtirishbo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
markaziy bank foiz stavkasining pul bozoridagi foiz stavkalariga ta’sirini oshirish maqsadida bozor instrumentlari, shu jumladan Markaziy bank obligatsiyalari, overnayt depozitlari, doimiy tusdagi depozit auksionlari, davlat qimmatli qog‘ozlari va xorijiy valyuta garovi ostida kredit auksionlari hamda overnayt kreditlarini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 noyabrdagi PF-5877- sonli Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2020 yil 13 fevraldagi 08-12/69-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida foiz stavka kanalining pul bozoridagi real foiz stavkalarga ta’siri ta’minlangan;
tijorat banklari va boshqa iqtisodiy sub’ektlar uchun o‘zlarining iqtisodiy operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida Markaziy bank asosiy foiz stavkasini va uning koridorini belgilash to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 noyabrdagi PF-5877-sonli Farmonida o‘z aksini topgan (ATB “Aloqabank”ning 2019 yil 23 dekabrdagi 04/6075-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida foiz stavka kanalining banklar likvidliligiga ta’siri yanada kuchayishiga erishilgan; 
iqtisodiyotning pul bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish maqsadida banklarga auksion yo‘li bilan qisqa muddatli (odatda 2 xaftalik) kreditlar taqdim etish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 noyabrdagi PF-5877-sonli Farmonida o‘z aksini topgan (ATB “Aloqabank”ning 2019 yil 23 dekabrdagi 04/6075-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida foiz stavka kanali orqali pul bozoridagi holatga hamda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sirini yanada kuchayishiga erishilgan;
Birja va birjadan tashqari valyuta bozorini rivojlantirish maqsadida tijorat banklarining valyuta bozorida milliy valyuta ayirboshlash kursini shakllantirishda market-meyker sifatidagi rolini oshirish to‘g‘risidagi takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 noyabrdagi PF-5877-sonli Farmonida o‘z aksini topgan (ATB “Aloqabank”ning 2019 yil 23 dekabrdagi 04/6075-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida foiz stavka kanalining faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan Markaziy bank tomonidan valyuta intervensiyasini o‘tkazish hamda valyuta kursini tartibga solish kabi muammolar bartaraf etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish