G‘iyosov Azizbek A’zamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Yuridik shaxslarning soliq qarzdorligini kamaytirish yo‘llari», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Iqt833.
Ilmiy rahbar: Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiDSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; O‘rmonov Jahongir Jaloliddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjet-soliq tadqiqotlari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuridik shaxslarning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorliklarini kamaytirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qo‘shilgan qiymat solig‘i va yagona ijtimoiy to‘lov stavkalarini pasaytirish orqali yuridik shaxslarning soliq qarzdorligini kamaytirish asoslangan;
soliqlarniyu muddatida to‘lanmaganligi uchun penya miqdori qarzdorlikning hosil bo‘lishi sabablari hamda to‘lov intizomini mustahkamlashga ta’sir darajasidan kelib chiqqan holda tabaqalashtirilgan;
soliq qarzdorligini soliq to‘lovchining mol-mulki hisobidan sud tartibida undirishning amaldagi mexanizmini, soliq to‘lovchi qarzdorlikni tan olgan taqdirda, uning mulki hisobidan undirishni soliq organi rahbarining qarori asosida amalga oshirish taklifi asoslangan;
muddatida to‘lanmagan soliqlar uchun amaldagi tabaqalashtirilgan penya miqdorini inflyasiya omilini hisobga olgan holda Markaziy bankning shu davrda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqib belgilash taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuridik shaxslarningsoliq qarzdorligini kamaytirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
soliq qarzdorligi yuqori bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i va yagona ijtimoiy to‘lov stavkalarini pasaytirish orqali qarzdorlikpaydo bo‘lishiningoldini olish yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 sentyabrdagi PF-5837-sonli Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019 yil 22 oktyabrdagi 16-30325-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, korxonalar ixtiyorida qolgan mablag‘lar hisobiga to‘lov qobiliyati oshadi va qarzdorlikning kelib chiqishi bartaraf etilgan;
soliqlarniyu muddatida to‘lanmaganligi uchun penya miqdori qarzdorlikning hosil bo‘lishi sabablari hamda to‘lov intizomini mustahkamlashga ta’siri darajasidan kelib chiqqan holda tabaqalashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 24 dekabrdagi O‘RQ-508-son Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019 yil 22 oktyabrdagi 16-30325-son ma’lumotnomasi). Natijada, qarzdorlikning paydo bo‘lishi sabablaridan kelib chiqib penyaning ta’sirini optimallashtirish orqali to‘lov intizomi yanada mustahkamlangan;
soliq to‘lovchi tomonidan soliq qarzdorligi tan olingan taqdirda, soliq organining qarori asosida mulki hisobidan soliq qarzini undirilishi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi yangi tahriridagi Soliq kodeksining 123-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 1fevraldagi 12-03383-son ma’lumotnomasi). Natijada, soliq to‘lovchilarning qarzdorliklarini mol-mulk hisobidan undirish mexanizmi yanada takomillashgan;
soliqlarni to‘lash muddati kechiktirilgani uchun hisoblanadigan penyaning foiz stavkasi Markaziy bankning shu davrda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasining uch yuzdan biriga teng foizlarda belgilanishi yuzasidan berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi yangi tahriridagi Soliq kodeksining 110-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 1fevraldagi 12-03383-son ma’lumotnomasi). Natijada, penya miqdorini mamlakatda inflyasiya ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda belgilanadigan Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqib birxillashtirish imkoniyati yaratilgan.