Qo‘chchiev Ulug‘bek Mirzamashrabovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chorvachilik xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.04– Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.DSc/Iqt145.
Ilmiy maslahatchi:Xushmatov Norqul Sadullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi:Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti. DSc.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar:MurtazaevOlim, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;Mirzaev Qulmamat Jonzakovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;Umarov Suxrob Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitida chorvachilik xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chorvachilikda xizmatlarga bozor talab hajmini mehnat, vaqt sarflari hamda chorvaning nasllilik, mahsulotning tovarlilik, xo‘jalikning texnik-texnologik jihozlanish darajalarini hisobga olgan holda aniqlashga qaratilgan uslubiy yondashuvlar taklif etilgan;
chorvachilik xo‘jaliklarining xizmatlarga bo‘lgan hududiy potensial bozor talabi hajmini xo‘jaliklarning xizmat markazlariga nisbatan geografik joylashuvi hamda chorva mollari tarkibida naslli mollar salmog‘i bo‘yicha to‘g‘rilovchi koeffisientlardan foydalangan holda aniqlash uslubi ishlab chiqilgan;
zooveterinariya xizmatlarini ko‘rsatishda servis kooperativlar, davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida faoliyat yurituvchi sub’ektlar, “legal an’anaviy mutaxassislar” kabi zamonaviy muqobil tizimlarni tashkil etish asoslangan;
xo‘jaliklarda mahsulot etishirish hajmini em-xashak ta’minoti, talab etiladigan ozuqalarning ilmiy me’yori hamda biogenetik mahsuldorlik salohiyati o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashni ko‘zda tutgan holda rejalashtirish asoslangan;
transaksion xarajatlarni kamaytirish va sut qoramolchiligi sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirishga qaratilgan hududiy sut mahsulotlari klasterini tashkil etish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chorvachilik xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirishbo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chorvachilik xo‘jaliklarida xizmat ko‘rsatish sub’ektlarini rivojlantirish jarayonida hududlarda xizmatlarga bozor talabini, fermer xo‘jaliklarida pavarishlanayotgan chorva mollari bosh soni uchun belgilangan zootexnik, veterinarlarga talabni e’tiborga olish, hududlarning chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish bilan bog‘liq tabiiy-iqlim shart-sharoitlari, em-xashak etishtirish imkoniyati, chorvachilik sohasini rivojlantirish borasidagi tajribalarini e’tiborga olish yuzasidan tayyorlangan tavsiyalar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 18 yanvardagi 02/032-25-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tavsiyalar chorvachilik fermer xo‘jaliklarining to‘lov qobiliyatini 10-15 foizga oshirishga imkon bergan;
chorvachilik tarmog‘ida xizmatlarga bozor talabi hajmini aniqlash uslubidan foydalanish orqali hududlarda zarur xizmatlarga bozor talabi hajmini prognozlash asosida xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlarni rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish borasidagi takliflar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tegishli dasturlarini shakllantirish va joriy qilishda foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 18 yanvardagi 02/032-25-son ma’lumotnomasi). Tavsiyalar xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektarni tashkil qilish, joylashtirish va ularni rivojlantirish bilan bog‘liq dasturlarni ishlab chiqishda mehnat sarfini, noaniqliklarni kamaytirishga imkon yaratib, xizmatlar ko‘rsatish sub’ektlari faoliyatini monitoring qilish samaradorligini 20 foizgacha oshirish imkonini bergan;
chorvachilik xo‘jaliklariga zooveterinariya xizmatlari ko‘rsatish va chorva mollari naslini yaxshilash tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 18 yanvardagi 02/032-25-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni amaliyotga joriy etilishi xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlar faoliyatini bozor talabi asosida tashkil qilish natijasida ularning iqtisodiy samaradorligi 8-12 foizgacha oshgan;
chorvachilik tarmog‘ining em-xashak bazasini hisobga olgan holda rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan joriy etilgan(Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 18 yanvardagi 02/032-25-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tavsiyalardan foydalanish mahsulot tannarxini 8-12 foizga pasaytirish hamda fermer xo‘jaliklarida chorva mollari mahsuldorligini 15-20 foizga oshirish imkoniyatini yaratgan;
tabiiy ravishda chorva mollari naslini yaxshilashda esa naslli chorva mollaridan foydalanib hududdagi chorva mollari naslini yaxshilash uchun asosiy yaylovlarda yoki chorva mollari boqiladigan hududlarda markazlashgan mablag‘lar hisobiga sotib olingan naslli chorva mollari, mahalliy podaning urug‘lanish davrida qo‘yib yuborish bo‘yicha tavsiyalari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan hududlarda amaliyotga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 1 yanvardagi 02/12-272-son ma’lumotnomasi). Muallif tavsiyalari asosida xizmatlar ko‘rsatish xarajatlarini bitta shartli chorva moli bosh soniga nisbatan 30 foizgacha qisqartirish imkoniyati yaratilishi asoslangan.