Raximov Sherzod Saidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyatni demokratlashtirishda fuqarolar siyosiy faolligini oshirish (O‘zbekiston va Buyuk Britaniya misolida)” 23.00.02–Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Siyos85.
Ilmiy rahbar: Sirojov Oybek Ochilovich, siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.S.01.08.
Rasmiy opponentlar: Idirov Ulug‘bek Yusupovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Karimov Farxod Erkinovich, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jamiyat hayotini demokratlashtirishda fuqarolarning siyosiy faolligini oshirish masalalarining ijtimoiy-siyosiy xususiyatlarini ochib berish, ciyosiy faollik darajalarini belgilovchi mezonlarni ishlab chiqish, fuqarolik jamiyatida fuqarolarning siyosiy faolliklarini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
siyosiy faollik darajalari nazariy qarashlar va uslubiy yondashuvlardan kelib chiqqan holda umumlashtirilgan hamda ular siyosiy faol bo‘lgan fuqarolar (yuqori, o‘rta va past daraja) va siyosiy passiv (nofaol) bo‘lgan fuqarolar darjalariga bo‘linishi ochib berilgan;
fuqarolar siyosiy faolligining baholash mezonlari ishlab chiqilib, ushbu mezonlar asosida jamiyatdagi barcha qatlamlarning siyosiy jarayonlardagi ishtirokini aniqlash, shu asosda siyosiy faollik darajalarini belgilash lozimligi asoslangan;
Buyuk Britaniya fuqarolarining siyosiy faolligi masalalari yurtimizda ilk bor o‘rganilib fuqarolarning siyosiy faollik darajasining pasayishi kuzatilayotganligi asoslangan, O‘zbekiston va Buyuk Britaniya fuqarolarining siyosiy faolligi masalalari ayniqsa rasmiy va norasmiy siyosiy faollik masalalaridagi nomutansibliklar ochib berilgan.
jamiyatda fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy holatini o‘rganish asosida ijtimoiy-siyosiy tahliliy markazlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda siyosiy jarayonlarda fuqarolarning faollashiga turtki bo‘ladigan yana bir omil onlayn faollik hamda elektron demokratiyani yanada takomillashtirish lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fuqarolar siyosiy faolligini oshirish masalalari doirasida ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy xulosa va takliflar asosida quyidagilarga erishildi:
Bugungi kunda davlat va jamiyatda olib borilayotgan islohotlarning ahamiyati, jamiyatni demokratlashtirish jarayonlarida fuqarolarning faol ishtiroki, ayniqsa fuqarolarning siyosiy faolligi masalalari, siyosiy faollik tushunchasi, jamiyatda fuqarolarning siyosiy faollik darajalarini aniqlash mezonlari, fuqarolar siyosiy faollik darajalari hamda Buyuk Britaniya fuqarolarining siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, faollik masalalarining O‘zbekiston bilan qiyosiy tahlili kabi ilmiy-amaliy natijalar mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanali DUK “Parlament faoliyati”, “Virtual dunyo” “Millat va ma’naviyat” nomli eshittirishlarida 2019 yil yanvar va aprel oylaridagi sonlarida tadqiqot yuzasidan suhbatlar bo‘lib, radioeshittirishlar davomida asoslab berilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanali DUKning 2019 yil 13 maydagi №02-11-1-92-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur xulosalar ushbu teleradioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallar mazmunini mukammal va ilmiy dalillarga boy bo‘lishida, radioeshittirishlarning ilmiy-ommabopligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etgan.
Fuqarolar siyosiy faollik darajalarini aniqlash mezonlari, siyosiy faollik darajalarining tahlili, fuqarolar siyosiy faolligini oshirish masalalari, partiya qoshida maxsus siyosiy tahlil markazlarini tashkil etish kabi taklif va xulosalardan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining “Yo‘l xarita”lari va saylovoldi dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2018 yil 19 noyabrdagi 2-1059-sonli xati). Mazkur ilmiy xulosalar partiyaning saylovga tayyorgarlik ko‘rishi bilan bog‘liq jarayonlarning jonlanishiga katta hissa qo‘shgan;
Jamiyatda fuqarolarning ijtimoiy, siyosiy faollik darajasi hamda ma’naviy etukligini ta’minlash omillari, fuqarolar siyosiy faolligining baholash mezonlari, O‘zbekiston va Buyuk Britaniya fuqarolarining siyosiy faolligi masalalari, elektron demokratiyani yanada takomillashtirish kabi ilmiy xulosa va takliflardan Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruvi hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining 2018-2019 yillardagi o‘quv jarayonlarida xususan, “Vatanparvarlik tarbiyasi”, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari va ma’ruzalarida ta’lim tarbiya masalalari”, “Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash” kabi o‘quv modullarini ishlab chiqishda va o‘qitilishida foydalanilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Pedagogik innovatsiyalar institutining 2020 yil 17 fevraldagi BS-01-02-76-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, ilmiy-tadqiqot ishi natijalari mazkur modullarni o‘qitish sifatini oshirishga xizmat qilgan.
Amalga oshirilayotgan islohotlarda fuqarolar mas’uliyat va daxldorlik tuyg‘usini his etishi, siyosiy faollik darajalarini aniqlashda Buyuk Britaniya tajribasini tahlil qilish orqali jamiyatda fuqarolarning huquqiy va siyosiy jihatdan faollik darajasi hamda ma’naviy etukligini ta’minlash omillari borasidagi ilgari surgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018-2019 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot va tashviqot faoliyatlarida tatbiq etilgan. (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 20 fevraldashi 02/07-226-sonli dalolatnomasi). Natijada, ilmiy xulosalar davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolarning keng ishtirokini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga oid jamiyatimizdagi ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy institusional yangilanishlar borasidagi g‘oyalarni targ‘ib qilish yuzasidan tahliliy materiallar tayyorlash, trening va seminarlar tashkil etishga xizmat qilgan.
Fuqarolar siyosiy faolligini oshirish masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun yaratilgan 10,11-sinf “Ma’naviyat asoslari” darsligining “Inson va jamiyat”(10-sinf, 5-paragraf), “Fuqarolik mas’uliyati va daxldorlik” (10-sinf, 8-paragraf) “Muloqot va o‘zaro munosabatlarda ma’naviyatning o‘rni(11-sinf, 9-paragraf), jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda media madaniyatning ta’siri(11-sinf, 15-paragraf) kabi mavzularini yoritishda xizmat kilgan. (Respublika ta’lim markazining 2019 yil 10 maydagi 01/11-01/5-1021-son ma’lumotnomasi). Mazkur darslik o‘quvchilarning inson va jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar to‘g‘risidagi tushunchalarini yanada boyitishda xizmat qilgan.