Berdiyarov Baxriddin Tavasharovichning fandoktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining likvidliligi va to‘lov qobiliyatini ta’minlash masalalari», 08.00.07–Moliya, pulmuomalasivakredit (iqtisodiyotfanlari).
Dissertatsiya mavzusiro‘yxatgaolinganraqam: B2017.4.DSc/Iqt122.
Ilmiy maslahatchi: Bobakulov Tulkin Ibodullaevich, iqtisodiyotfanlaridoktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliyaakademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Karimov Norboy Ganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining likvidliligi va to‘lov qobiliyatini ta’minlashga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarida likvidlilik ko‘rsatkichlarining me’yoriy darajasini ta’minlash maqsadida sof foizli spred ko‘rsatkichini me’yoriy darajasiga etkazish, transaksion depozitlarning jami depozitlar tarkibidagi salmog‘ini pasaytirish, joriy aktivlar miqdorini joriy majburiyatlar miqdoridan kam bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
transformasiya riskiga barham berish, taqsimlanmagan foyda hisobidan regulyativ kapital miqdorini oshirish, banklarning bir yildan ortiq muddatdagi majburiyatlari miqdorini oshirish orqali tijorat banklari moliyalashtirish manbalarining barqarorligini ta’minlashning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan; 
tijorat banklarining to‘lov qobiliyatini oshirish maqsadida transaksion depozitlarning barqaror qoldig‘idan resurs sifatida foydalanish, sof foizli marja ko‘rsatkichini me’yoriy darajasini ta’minlash, aktivlar va majburiyatlar o‘rtasidagi, aktivlarning o‘sishi bilan riskka tortilgan aktivlarning o‘sishi o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash  taklif etilgan;
tijorat banklarining aktivlari rentabelligini barqarorligini ta’minlash maqsadida regulyativ kapitalning passivlar hajmidagi salmog‘ining barqarorligiga erishish, sof foydaning o‘sishi bilan jami aktivlarning o‘sishi o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashning zarurligi asoslab berilgan;
tijorat banklarining likvidliligini tartibga solishning markazlashgan usullaridan foydalanish, jumladan depozitlar bo‘yicha majburiy zaxira stavkalarini unifikasiyalash, zaxira ajratmalarini milliy valyutada shakllantirish, monetar oltinni sotib olish operasiyalarining banklarning likvidliligiga ta’sirini kuchaytirish taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining likvidliligi va to‘lov qobiliyatini ta’minlash masalalari bshhyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarida likvidlilik ko‘rsatkichlarining me’yoriy darajasini ta’minlash maqsadida sof foizli spred ko‘rsatkichining me’yoriy darajasini ta’minlash, transaksion depozitlarning jami depozitlar tarkibidagi salmog‘ini pasaytirish, joriy aktivlar miqdorini joriy majburiyatlar miqdoridan kam bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik taklifidan AT “Asakabank”ning bank nazorati bo‘yicha hisobotlariga 1-ilova, 0204IS-shakl; 0024AAL-shakl bilan kiritilgan AT “Asakabank”ni 2019-2021 yillarda iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT «Asakabank»ning 2019 yil 3 oktyabrdagi 19-01/6641-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida Asakabankda 2018 yilda 2017 yilga nisbatan transaksion depozitlarning jami depozitlar hajmidagi salmog‘i 15,2 foizli punktga pasaygan. Shuningdek, ushbu taklifdan “O‘zbekiston sanoat-qurilish banki”ning 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan Biznes-rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” ATBning 2020 yil 10 martdagi 11-07/1465-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifining amaliyotga tatbiqi natijasida bankning 2019 yilda 2018 yilga nisbatan transaksion depozitlarning jami depozitlar hajmidagi salmog‘i 18,9 foizli punktga pasaygan. Hamda ushbu taklif “Ipoteka-bank” ATIBning 2020 yilda Rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Ipoteka-bank” ATIBning 2020 yil 11 martdagi 11-3/1925-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifining amaliyotga tatbiqi natijasida bankning 2019 yilda 2018 yilga nisbatan transaksion depozitlarning jami depozitlar hajmidagi salmog‘i 21,2 foizli punktga pasaygan;
tijorat banklarida sof barqaror moliyalashtirish ko‘rsatkichining me’yoriy darajasini ta’minlash maqsadida transformatsiya riskiga barham berish, taqsimlanmagan foyda hisobidan regulyativ kapital miqdorini oshirish, bank qimmatli qog‘ozlarining investision jozibadorligini oshirish yo‘li bilan muddati bir yildan ortiq muddatdagi majburiyatlar miqdorini oshirish taklifidan AT “Asakabank”ning bank nazorati bo‘yicha hisobotlariga 1-ilova, 0204IS-shakl; 0024AAL-shakl bilan kiritilgan AT “Asakabank”ni 2019-2021 yillarda iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT «Asakabank»ning 2019 yil 3 oktyabrdagi 19-01/6641-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifining amaliyotga tatbiqi natijasida Asakabankda 2018 yilda 2017 yilga nisbatan birinchi darajali kapital tarkibidagi taqsimlanmagan foyda miqdori 9,3 martaga oshgan, muddati bir yildan ortiq bo‘lgan majburiyatlari miqdori 79,4 foizga oshgan. Shuningdek, ushbu taklifdan “Turonbank” ATBning bank nazorati bo‘yicha hisobotlariga 1-ilova, 0026AAL-shakl bilan tasdiqlangan “Turonbank” Aksiyadorlik tijorat bankining 2020 yilga mo‘ljallangan Biznes-rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Turonbank” ATBning 2020 yil 5 martdagi 11/02-108-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida “Turonbank” ATBda muddati bir yildan ortiq bo‘lgan majburiyatlarning jami majburiyatlardagi ulushi 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 26,4 foizli punktga oshgan;
transaksion depozitlarning faqat barqaror qoldig‘idan resurs sifatida foydalanish, sof foizli marja ko‘rsatkichining me’yoriy darajasini ta’minlash, aktivlar va majburiyatlarni miqdor va muddat jihatdan mutanosibligini buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, jami aktivlarning o‘sishini aktivlarning riskka tortilgan summasining o‘sishidan yuqori bo‘lishini ta’minlash yo‘li bilan tijorat banklarining to‘lov qobiliyatini oshirish taklifidan AT “Asakabank”ning bank nazorati bo‘yicha hisobotlariga 1-ilova, 011OBS-shakl; 3006CAR-shakl bilan qabul qilingan AT “Asakabank”ni 2020 yilga mo‘ljallangan kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (AT «Asakabank»ning 2019 yil 3 oktyabrdagi 19-01/6641-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifining amaliyotga tatbiqi natijasida Asakabankda 2018 yilda 2017 yilga nisbatan sof foizli marja ko‘rsatkichi 0,5 foizli punktga oshgan, regulyativ kapitalning o‘sishini aktivlarning riskka tortilgan summasining o‘sishidan 4,7 foizli punktga yuqori bo‘lishiga erishilgan. Shuningdek, mazkur taklif “O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” ATBni 2020 yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” ATBning 2020 yil 10 martdagi 11-07/1465-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifining amaliyotga tatbiqi natijasida “O‘zbekiston sanoat-qurilish banki”ida regulyativ kapitalning o‘sishini aktivlarning riskka tortilgan summasining o‘sishidan 6,3 foizli punktga yuqori bo‘lishiga erishilgan;
tijorat banklarining to‘lov qobiliyatini ta’minlash maqsadida regulyativ kapitalning passivlar hajmidagi salmog‘ining barqarorligini oshirish, sof foydaning o‘sishi bilan jami aktivlarning o‘sishi o‘rtasidagi mutanosibligi orqali aktivlarning rentabelligini barqaror darajasini ta’minlash to‘g‘risidagi taklifidan “Turonbank” ATBning bank nazorati bo‘yicha hisobotlariga 1-ilova, 0110BS-shakl; 0204IS-shakl bilan tasdiqlangan “Turonbank” ATBning “Bankni rivojlantirish strategiyasi”ning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Turonbank” ATBning 2020 yil 5 martdagi 11/02-108-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida 2018 yilda 2017 yilga nisbatan “Turonbank” ATB passivlari hajmida regulyativ kapitalning salmog‘i 4,7 foizli punktga oshgan, sof foydaning o‘sishini jami aktivlarning o‘sishidan yuqoriligi 40,8 foizni tashkil qilgan. Shuningdek, taklifdan “Ipoteka-bank” ATIBning 2020 yilda Rivojlantirish strategiyasining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Ipoteka-bank” ATIBning 2020 yil 11 martdagi 11-3/1925-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida 2019 yilda 2018 yilga nisbatan “Ipoteka-bank” ATIBning passivlari hajmida regulyativ kapitalning salmog‘i 5,3 foizli punktga oshdi, sof foydaning o‘sishi jami aktivlarning o‘sishidan 37,6 foizni tashkil qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish