Ummatov Akram Axmedovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Malakali voleybolchilarda jismoniy ish qobiliyatini shakllantirish va uni baholash metodikasini ishlab chiqish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped471.
Ilmiy rahbar: Boltaev Zayniddin Boltaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash raqami: DSc.03/30.12.2019.Ped 28.01.
Rasmiy opponentlar: Abdiev Abdulla Nosirovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Akramov Jasur Anvarovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori malakali voleybolchilarda jismoniy ish qobiliyatining ustuvor komponentlarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
voleybolchilar tayyorlash bilan bog‘liq pedagogik jarayonda, ayniqsa an`anaviy mashg‘ulotlar davomida ish qobiliyatining jismoniy ( tezkorlik-kuch, sakrovchanlik, sakrash chidamkorligi) va funksional (yurakning qisqarish chastotasi, nafas olish ritmi) komponentlarini ifodalovchi ko‘rsatgichlar yillik tayyorgarlik sikllarida sust o‘sganligi ob’ektiv pedagogik testlar asosida aniqlangan;
sakrovchanlik, sakrash chidamkorligi va tezkor-kuch sifatlarining pul`sometrik hamda respirator qiymatini aniqlashda qo‘llaniladigan pedagogik testlar, shu jumladan “SKU-A” kompyuterlashtirilgan o‘lchov uskunasi ishlab chiqilgan va ularning ob’ektiv xususiyatga ega ekanligi ilmiy asoslangan;
yillik tayyorgarlik mikrotsikllarida tezkorlik-kuch, sakrovchanlik, sakrash chidamkorligini samarali shakllantirishga mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan mashqlar hamda vaziyatli harakatli o‘yinlar majmualari ishlab chiqilgan va ularni qo‘llash metodikasi pedagogik jihatdan takomillashtirilgan;
mazkur ixtisoslashtirilgan mashqlar hamda vaziyatli harakatli o‘yinlar majmualarining pedagogik xususiyatlari ochib berilgan va ularni mikrotsikllarida qo‘llash samaradorligi tajriba natijalariga muvofiq asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Malakali voleybolchilarda jismoniy ish qobiliyatini shakllantirish va uni baholash metodikasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
musobaqaoldi va musobaqa davrida voleybolchilarning fuksional va jismoniy ish qobiliyatining komponentlari aniqlanib, taklif va tavsiyalar asosida «Sport va harakatli o‘yinlar» (Voleybol) nomli darslik ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 fevraldagi 133-son buyrug‘i, 133-090 raqamli guvohnoma). Natijada voleybolchilarning tezkor-kuch sifatlari 15-17%ga, sakrovchanlik qobiliyati 17-19%ga, sakrash chidamkorligi 10,9-11,3% ga o‘sgan;
maksimal marta vertikal sakrash imkoniyati bilan bog‘liq jismoniy ish qobiliyatini baholashga mo‘ljallangan sensor signalli kompyuterlashtirilgan diagnostik uskuna ixtiro qilinib, ishlatish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar asosida «Voleybol nazariyasi va uslubiyati» nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘i, 434-276 raqamli guvohnoma). Natijada ish qobiliyatning asosiy jismoniy komponentlari tezkorlik-kuch, sakrovchanlik, sakrash chidamkorligi 11 oy davomida 10,9-11,3% ortdi, ularning funksional qiymati 14,8% gacha yaxshilangan;
malakali voleybolchilarning tezkor-kuch sifatlari, sakrovchanlik hamda sakrash chidamkorligini shakllantirishda qo‘llaniladigan maxsus mashqlar va turdosh harakatli o‘yinlar tabaqalashtirilgan qo‘llash metodikasi takomillashtirilib, taklif va tavsiyalar «Sport va harakatli o‘yinlar» (Voleybol) nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 fevraldagi 133-son buyrug‘i, 133-090 raqamli guvohnoma) Natijada voleybolchi¬larning sakrovchanlik ish qobiliyati 30,7%ga, sakrash qobiliyati esa 20,7% gacha o‘sishiga xizmat qilgan;
musobaqaoldi tayyorgarlik bosqichida voleybolchilarga xos jismoniy ish qobiliyatilarini shakllantiruvchi maxsus mashqlar va turdosh harakatli o‘yinlarni o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoniga qo‘llash metodikasi takomillashtirilib, «Voleybol nazariyasi va uslubiyati» nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘i, 434-276 raqamli guvohnoma). Natijada voleybolchilarning sakrovchanlik 31,4%ga, sakrash qobiliyati esa 24,6% gacha o‘sishiga xizmat qilgan.