Oshhepkova Yuliya Igorevnaning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Nigella sativaning antimikrob peptidlari strukturasi, biologik faolligi va ular asosida farmatsevtik kompozisiya yaratish», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: / Guvoxnoma, LA №0001972/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.K49.

Ilmiy maslahatchi: Veshkurova Ol`ga Nikolaevna, kimyo fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, 16.07.2013.K/B/T.13.01.

Rasmiy oppenentlar: Tashmuxamedov Mirojiddin Salaxovich, kimyo fanlari doktori, professor; Salimov Baxodir Taxirovich, kimyo fanlari doktori, professor; Azizov Umurxan Muxtarovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi sedana urug‘idan sistein tutgan individual peptidlarni ajratish usullarini ishlab chiqish, ulardan tibbiyotda foydalanish imkoniyatlarini aniqlash va ular asosida farmatsevtik kompozisiya yaratishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor sedana Nigella sativa urug‘i va nishlari tarkibidagi kation peptidlar ajratib olingan va tavsiflangan;

sedana urug‘idan molekulyar massasi 9602 Da ga teng bo‘lgan, tarkibida 8 sistein qoldiqlari tutgan yangi lipid tashuvchi oqsil Ns-LTP1ning birlamchi tuzilishi aniqlangan va BLAST ma’lumotlar bankida ro‘yhatga olingan;

6 ta yangi peptid (Ns-D1, Ns-D2, Ns-W1, Ns-W2, Ns-N1 va Ns-G1) ajratib olingan va batafsil tavsiflangan;

5485 Da va 5498 Da molekulyar massaga ega bo‘lgan 2 ta gomologik peptid Ns-D1 va Ns-D2 fitopatogen zamburug‘lariga nisbatan yuqori ingibirlash faolligiga ega ekanligi aniqlangan;

molekulyar massalari 5143 Da 5070 Da ga teng bo‘lgan va tarkibida 8 ta sistein qoldig‘i tutgan peptidlar Ns-W1 va Ns-W2 boshoqli o‘simliklar γ-purotioninlarga gomolog ekani isbotlangan;

molekulyar massasi 5696 Da ga teng bo‘lgan tarkibida 8 ta sistein qoldig‘i tutgan peptid Ns-N1 o‘rnatilgan N oxirgi aminokislota ketma ketligi bo‘yicha analogi mavjud emasligi aniqlangan;

molekulyar massasi 2794 Da bo‘lgan tarkibida 6 ta sistein qoldig‘i tutgan ajratilgan peptid Ns-G1 sisteinga boy peptidlarning yangi sinfiga tegishli ekanligini va molekulyar massasi va sistein qoldiqlari soni bo‘yicha ma’lum antimikrob peptidlar orasida analogi mavjud emasligi aniqlangan;

ilk bor urug‘ va nish tarkibidagi peptidlarning solishtirma spektr analizlari asosida sedana nishi tarkibida urug‘ida mavjud bo‘lmagan molekulyar massasi 9086 Da ga teng bo‘lgan lipid tashuvchi oqsillar sinfiga mansub Ns-LTP2 oqsili va V-tip defenzinlariga mansub 10 ta peptid borligi isbotlangan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ajratib olingan antimikrob faollik namoyon qiluvchi defenzinga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (30.11.2012, №IAP 04614), ushbu peptid biotexnologiyada qishloq xo‘jaligi ekinlari patogenlariga chidamli shakllarni yaratishda va tibbiyotda qo‘llanilgan. Defenzinlar antibiotiklarga al`ternativ sifatida dori preparatlarini yaratish uchun biologik faol komponent sifatida foydalanish imkonini beradi;

to‘qimalarni qayta tiklovchi va antibakterial xossaga ega bo‘lgan turli etiologiyalarni davolashda foydalanish bo‘yicha yaratilgan kompozisiyaga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (16.03.2016, № IAP 20130250). Ishlab chiqarilgan kompozisiya mexanik yaralar va termik kuyishlarda yiringli-septik holatlarni davolash uchun dori vositasi sifatida qo‘llaniladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish