Nabieva Umida Pulatdjanovnaning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «V va S surunkali virusli gepatitlarda   autoimmun xolatlar shakllanishining immunopatogenetik xususiyatlari», 14.00.36 – allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tibbiyot fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Tib529.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ismailova Adolat Abduraximovna, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Immunologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya instituti va Toshkent tibbiyot akademiyasi, 16.07.2013.Tib.16.01.

Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: S.B.Kalimoldaeva tibbiyot fanlari doktori; S.Babaxodjaev  tibbiyot fanlari doktori, professor; L.N.Tuychiev tibbiyot fanlari doktori, professor

Yetakchi tashkilot nomi: Rossiya Federal tibbiy-biologik agentligi «Immunologiya instituti» Davlat ilmiy markazi (Moskva).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali V va S virusli gepatitli bemorlarda autoimmun o‘zgarishlar shakllanishi va rivojlanishi immunopatogenetik mexanizmlarini aniqlashdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor surunkali V va S virusli gepatitli bemorlarda tizimli va to‘qimali autoimmun xolatlari uchrashi aniqlangan;

virusemiyada organizmning ichki a’zolariga to‘qimali autoimmunizatsiya xolatining yuqori darajasi aniqlangan;

umumiy hujayraviy immunotanqislikda sitotoksik lifotsitlar va V-hujayralar tomonidan giperergik reaksiya aniqlangan;

immunokompetent xujayralarni apoptotik o‘limi pasayishida virusga qarshi himoya omillari va limfotsitlarning erta faollashuvi tasdiqlangan;

ilk bor SVG bemorlarda autoimmunizatsiya jarayoni va immunitetning gumoral, hujayraviy va nomaxsus bo‘g‘inlari orasida sezilarli o‘zaro munosabatlari aniqlangan;

autoimmunizatsiya rivojlanishida virusga qarshi (IFN-α) va regulyator (IL-10) sitokinlarni miqdorini pasayishi fonida yallig‘lanishga xos sitokinlarning (IL-6, FNO-α, IFN-γ) ishonarli ortishi aniqlangan;

SVG bemorlarda autoimmun o‘zgarishlarni aniqlash uchun kompleks algoritm ishlab chiqilgan va immunologik tashxislash mezonlari aniqlangan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: surunkali V va S virusli gepatitlardagi autoimmun o‘zgarishlarni shakllanishini immunopatogenetik aspektlari bo‘yicha tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, 1-yuqumli kasalliklar shifoxonasi, O‘zREMYuK klinikasi, Immunologiya institutini klinik bo‘limi va «Immunogen-test» Ilmiy-diagnostik markazni amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil  18 maydagi 8D-3/60-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar ushbu patologiya bilan kasallangan bemorlarni ijtimoiy adaptatsiyasi va hayot tarzi sifatini oshirgan, o‘tkazilayotgan terapevtik muolajalarni samaradorligini 28% oshirgan xamda surunkali virusli gepatitlarda autoimmun o‘zgarishlar tashhisini takomillashtirib, statsionarda davolanishga ajratiladigan  davlat byudjet mablag‘larini 30%ga  iqtisod qilish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish