Mirzaxodjaev Sherzodxo‘ja Shoxruxovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Kombinatsiyalashgan frontal plug faol ish organining parametrlarini asoslash”, 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1355.
Ilmiy rahbar: Mamatov Farmon Murtozevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti va Qarshi muxandislik-iqtisodiyot institutida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor; Ravshanov Hamroqul Amirqulovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “BMKB-Agromash” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori quvvatli haydov traktorlarining quvvatidan samarali foydalanib, tuproqni ekishga sifatli tayyorlash va agregatning ish unumini oshirishni ta’minlaydigan kombinatsiyalashgan frontal plug faol ish organining parametrlarini asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
faol ish organli kombinatsiyalashgan frontal plugning konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan va texnologik ish jarayoni asoslangan;
faol ish organining plug ramasida o‘rnatilishi tuproqqa freza pichog‘i tomonidan beriladigan deformatsiyaning korpus ta’sirida hosil bo‘ladigan deformatsiyaga qarama-qarshi yo‘nalishini hisobga olgan holda asoslangan;
faol ish organning tuproq bilan o‘zaro ta’sirlashish jarayonlarini ifodalaydigan analitik bog‘lanishlar olingan va ular asosida faol ish organining maqbul parametrlari aniqlangan;
kombinatsiyalashgan frontal plugning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlarini faol ish organning parametrlari va agregat harakat tezligiga bog‘liq ravishda o‘zgarishini ifodalaydigan analitik bog‘lanishlar asosida ularning maqbul qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Faol ish organli kombinatsiyalashgan frontal plugning parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
erlarni bug‘doy va takroriy ekinlarni ekish uchun shudgorlashda texnologik jarayonlar bajarilishining sifat ko‘rsatkichlarini baholashga dastlabki talablar va kombinatsiyalashgan frontal plug konstruksiyasini loyihalashga texnik topshiriq ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 1 avgustdagi 01-193-son ma’lumotnomasi). Natijada faol ish organi, o‘ng va chap ag‘daradigan korpuslar va g‘altakmoladan tashkil topgan osma va yuqori manyovrli kombinatsiyalashgan frontal plug konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
egat hosil qilmasdan tekis shudgorlash uchun ishlab chiqilgan kombinatsiyalashgan frontal plug O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi fermer xo‘jaliklari, jumladan, Jomboy va Qamashi tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 1 avgustdagi 01-193-son ma’lumotnomasi). Natijada dalalarni bug‘doy va takroriy ekinlarni ekish uchun tayyorlashda yonilg‘i sarfi 1,31 martaga va foydalanishdagi xarajatlar 32 foizga kamaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish