Muradov Shuhrat Odilovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Janubiy O‘zbekistonning arid hududlarida suv barqarorligini nazariy asoslash», 11.00.03–Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo (texnika fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnika fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 12.05.2015/B2015.1.T470.
Ilmiy maslahatchi: Hamraev Nadjim Rahimovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, 16.07.2013.G.32.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash.
Rasmiy oppenentlar: Myagkov Sergey Vladimirovich, texnika fanlari doktori; Chembarisov El`mir Ismailovich, geografiya fanlari doktori, professor; Shoxidov Abduboriy Fattaxovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi suv barqarorligini ta’minlovchi gidroekologik texnologiyalar va meliorativ-gidrologik usullarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sizot suvlarning oldindan belgilangan chuqurligida fil`tratsiyaga qarshi samarali ekran paydo qilish texnologiyasi takomillashtirilgan;
daryo, kanal va zovurlarda suv oqimini boshqarish uchun “Pog‘ona” qurilmalar konstruksiyasi va hisoblash formulasi asoslangan;
tekislikdagi gipsli tuproqlarda irrigatsion eroziyaning oldini olish bilan bir vaqtda tuproq unumdorligini oshiruvchi va suvni tejovchi tabiiy meliorantlarni qo‘llashning xususiyatlari aniqlangan;
ilk bor samarali o‘g‘it - chili selitrasi hosil bo‘lishi bilan tuproqlarning sodali sho‘rlanishini kamaytiruvchi kimyoviy meliorantlar taklif etilgan;
suvlarni sho‘rsizlantirish usuli ishlab chiqilgan;
o‘simliklarning atmosfera yog‘inlari, sug‘orish va sizot suvlaridan foydalanish samaradorligini oshiruvchi tabiiy minerallardan foydalanish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Er va suv resurslari-dan samarali foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan kompleksli texnik echimlar asosida:
tuproqni melioratsiyalashning takomillashtirilgan usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (07.05.1997 y. № 4539). Yaratilgan texnologiya atmosfera, tuproq va sug‘orma namlikdan samarali foydalanishni oshirishga imkon beradi;
kollektor-zovur suvlarini sho‘rsizlantirish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (13.04.2000 y. № IDP 04339). Ishlab chiqilgan qurilma kollektor-zovur, er osti va ko‘l suvlarini sho‘rsizlantirish imkonini beradi;
tuproqni sho‘rsizlantirish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (25.08.2000 y. № IDP 04470). Taklif etilgan kimyoviy meliorant tuproqni azotli o‘g‘it (chili selitrasi) bilan boyitish va sodali sho‘rlanishning oldini olish imkonini beradi;
suv va tuproqni sho‘rsizlantirish va melioratsiyalash usullari, irrigatsion eroziyaga qarshi kurash texnologiyasi 2017 yilgacha erlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha Davlat dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2014 yil 29 dekabrdagi 02/20-3692-son ma’lumotnomasi). Kompleks tavsiyalar suv resurslaridan samarali foydalanishni oshiradi va O‘zbekiston janubidagi sug‘oriladigan erlarning gidroekologik va meliorativ-gidrologik holatini yaxshilaydi.