Xolmonov Sunatillo Maxmudovichning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uzluksiz ob’ekt va neyron tarmoqlari xossalari asosida axborotlarga ishlov berishni maqbullashtirish usul va algoritmlari», 05.01.02–Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T190.
Ilmiy rahbar: Jumanov Isroil Ibragimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Safarov Tashpulat, texnika fanlari doktori, professor; Kabil`djanov Aleksandr Sabitovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishlab chiqarish majmualarini boshqarish tizimida qaror qabul qilishni maqbullashtirish uchun nostatsionar ob’ekt va neyron tarmoqlari xossalaridan foydalanishga asoslangan axborotga optimal ishlov berish modeli, algoritm va dasturiy vositalarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborotga ishlov berish algoritmlari asosida boshqaruv qarori qabul qilish tizimida tasodifiy vaqtli qatorni identifikatsiyalash, o‘zgaruvchilarni moslash mexanizmlari samaradorligi ishlab chiqilgan;
uzluksiz ob’ekt va neyron tarmoqlari xossalari asosida axborotlarga ishlov berishni maqbullashtirish usul va algoritmlari takomillashtirilgan;
statistik parametr, dinamik xossa, vaqtli qator informativ elementini tanlash, ma’lumot ishonchligini ta’minlash keng spektrdagi modellar sinteziga tayangan tavsiflash mexanizmlari ishlab chiqilgan;
ko‘p, uch qobiqli, radial-bazisli neyron tarmoqlari komponentlarining hisob sxemalari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘rsatkichlarni bashorat qilishga qaratilgan axborotga ishlov beruvchi model`, algoritm va dasturiy vositalar hamda informativ belgilarni tanlash, axborot ishonchligini nazorat qilish, o‘zgaruvchilar qiymatini muvofiqlashtirish va maqbullashtirish mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
informativ elementlarni tanlash, axborot ishonchligini nazorat qilish, o‘zgaruvchilar qiymatini muvofiqlashtirish va maqbullashtirish mexanizmlari bo‘yicha ishlab chiqilgan model`, algoritm va dasturiy vositalar «Samarqanddonmahsulot» AJda joriy etilgan («O‘zdonmahsulot» AKning 2019 yil 6 maydagi 5-3/54-918-son ma’lumotnomasi). Natijada tasodifiy vaqtli qator identifikatsiyasi aniqligi uch tartibga oshishi, axborotga ishlov berish murakkablik va narx qiymati koeffisientlari 7–8 marotaba kamayishi ko‘rsatilgan. Axborot ishonchligini oshiruvchi, segmentatsiya, fil`tratsiya, informativ elementlarni tanlash, o‘zgaruvchilarni muvofiqlashtirish, tasodifiy vaqtli qatorni tavsiflash mexanizmlari qo‘llanishi esa, mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan moddiy xarajatlar miqdorini o‘rtacha 8–9% kamaytirish imkonini bergan;  
ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini maqbullashtirishning ishlab chiqilgan model` va algoritmlari «O‘zbektelekom» Samarqand filiali faoliyatida joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 10 iyundagi 33-8/3952-son ma’lumotnomasi). Natijada tasodifiy vaqtli qator identifikatsiyasi aniqligi uch tartibga oshishi, axborotga ishlov berish murakkablik va narxi qiymati koeffisientlari 7–8 marotaba, ishlab chiqarishga chamalangan moddiy xarajatlar miqdori o‘rtacha 20% kamayishi imkonini bergan;   
informativ elementlarni tanlash, axborot ishonchligini nazorat qilish, o‘zgaruvchilar qiymatini muvofiqlashtirish va maqbullashtirish mexanizmlari bo‘yicha ishlab chiqilgan model`, algoritm va dasturiy vositalar Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani Hududiy elektr tarmog‘i korxonasi faoliyatida joriy etilgan («Hududiy elektr tarmoqlari» AJning 2019 yil 30 sentyabrdagi 01-02/331-son ma’lumotnomasi). Natijada tasodifiy vaqtli qator identifikatsiyasi xatoligi trend modellari bo‘yicha 30%, avtoregressiya modeli bo‘yicha 47%, adaptiv muayyanlashtirish modeli bo‘yicha 52%, sirpanuvchi regressiya modeli bo‘yicha 58% kamayishi; axborot ishonchligi ikki tartibga, elektr iste’moli bashorati aniqligi esa 97% gacha oshish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish