Nishanova Ozoda Djalolitdinovnaning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek etnomadaniyatining estetik mohiyati va funksiyalari», 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (Estetika), (falsafa fanlari bo‘yicha).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /falsafa fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.F45.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi 16.07.2013.F.01.04 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni. Qoraboev Usmon Hosilovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni. Saifnazarov Ismoil Saifnazarovich, falsafa fanlari doktori, professor Yuldashev Muxammadilxom Mamayunusovich, falsafa fanlari doktori, G‘aybullaev Otabek Muxammadievich, falsafa fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi:Toshkent davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek etnomadaniyati va uning estetik funksiyalarining tarixiy-madaniy meros hamda milliy-ma’naviy yuksalishdagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
etnoestetika – etnomadaniyatdagi go‘zallik va xunuklik, ulug‘vorlik va tubanlik, fojiaviylik va kulgililik kabi estetik voqeliklarni anglashning gnoseologik asosi ekanligi ochib berilgan;
«ommaviy madaniyat» ko‘rinishidagi g‘ayriaxloqiy tahdidlarga qarshi kurashda etnomadaniy qadriyatlar va estetik idealni samarali ta’sirining ilmiy asoslari takomillashtirilgan;
etnomadaniyatdagi badiiy obraz, badiiy tasvir va badiiy mahorat uyg‘unligi etnoestetik prinsip asosida ishlab chiqilgan;
etnomadaniyatning gnoseologik va aksiologik xususiyatlari tizimli-funksional tamoyil asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
etnoestetika go‘zallik, ulug‘vorlik, oliyjanoblik kabi ijobiy xislatlar, fazilatlarni shakllantirishi orqali xalq ijodi va san’atini umrboqiy qilishi, kishilarda yuksak ideallarni shakllantirishi xususidagi, etnomadaniyatning estetik funksiyalari borasidagi taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Dunyo bo‘ylab» telekanalining «Tamaddun timsoli» hamda «Charxpalak» ko‘rsatuvlarining ssenariylarida (2015-2016) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2016 yil 10 maydagi 08-14-170-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar ko‘rsatuvlarning estetik ta’sirchanligi, badiiy-emotsionalligi, tarbiyaviy jihatini oshirishga imkon bergan;
estetik idealning ratsional g‘oya va diskursiv tajribalar in’ikosi sifatida yuksak ma’naviyatli shaxs tarbiyasiga ta’siri xususidagi takliflardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining «Millat va ma’naviyat», «Hamroh» ma’rifiy-musiqiy eshittirishlari hamda «Bolalar va biz» eshittirishining ssenariylarida (2014-2016) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniya-sining 2016 yil 11 maydagi 1-39-son ma’lumotnomasi). Mazkur eshittirish yoshlarda go‘zal va oliyjanob fazilatlarni, yuksak ma’naviyatni, ma’naviy-estetik idealni shakllantirishga hissa qo‘shgan;
xalq ijodi va san’atida borliqni falsafiy-estetik anglash va badiiy obraz, badiiy tasvir, badiiy mahorat uyg‘unligi borasidagi takliflardan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Kamoliddin Behzod memorial bog‘-muzeyida Kamoliddin Behzodning 560 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan «Buyuk musavvir izdoshlari» (26.11.2015), ma’naviy qadriyatlarga bag‘ishlangan «Tasvirlarda moziy nafasi» (05.02.2016) hamda Navro‘z bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan «Buxoroning moviy kulolchiligi» (16.03.2016) mavzularidagi ko‘rgazmalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2016 yil 12 maydagi 1-1/501-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi ko‘rgazmalarning badiiy-estetik salohiyati oshishiga xizmat qilib, lokal, hududiy-madaniy an’analardagi o‘ziga xoslik, etnoestetik plyuralizm g‘oyasini rivojlantirish imkonini bergan;
milliy g‘oya va o‘zbek etnomadaniyatidagi innovatsion izlanishlar hamda o‘zbek etnomadaniyatining estetik funksiyalariga oid takliflardan Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining 2016 yil ish rejasining «IV. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi qarorlari asosida mafkuraviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada kuchaytirish» bo‘limining «33. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning milliy-ma’naviy qadriyatlarni qayta tiklash borasida erishgan yutuqlarini targ‘ib qilish mexanizmlarini ishlab chiqish» bandini tayyorlashda foydalanilgan (Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining 2016 yil 11 maydagi 223-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining ish rejasiga kiritilishi hamda amaliyotga joriy etilishi xalqimizning qalbi, ruhiyati, ma’naviy-badiiy olami, borliqni badiiy-estetik anglash xususiyatlarini yanada teran bilish, ma’naviy-estetik ehtiyojlarini sifatli qondirishga xizmat qilgan.