Yangiev Asror Abdixamidovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yuqori bosimli gidrouzellarda uyurma shaxtali suv tashlagichlar konstruksiyasini, hisoblash asoslarini takomillashtirish va ularning foydalanish davridagi ishonchliligi», 05.09.06 – Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi (texnika fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnika fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.T363
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Toshkent temir yo‘l muxandislari instituti, 16.07.2013.T.23.01.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bakiev Masharif Ruzmetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Glovatsskiy Oleg Yakovlev, texnika fanlari doktori, professor; Muxammadiev Muradullo Muxammadievich, texnika fanlari doktori, professor; Hikmatov Fazliddin, geografiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shaxta orqali jadal havo tortib ishlaydigan tangensial aylantiruvchi moslamali uyurma suv tashlagichlar konstruksiyasi, xisoblash asoslarini takomillashtirish, ularning foydalanish davridagi ishonchliligini baxolash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uyurma shaxtali suv tashlagichlarning xavo tortilishi sharoitida gidravlik hisoblash uslubiyati ishlab chiqilgan;
tangensial aylantiruvchi moslama va burama oqimning gidravlik qarshiliklari aniqlangan;
suv olib ketuvchi traktda yangi energiya so‘ndiruvchi moslama ishlab chiqilgan;
havo konsentratsiyasi va suv olib ketuvchi trakt konstruksiyasining burama oqim strukturasiga va oqim energiyasining so‘nishiga bo‘lgan ta’siri asoslangan;
uyurma shaxtali suv tashlagichning buzilmasdan ishlashini avariya ssenariyasi tuzilgan hamda ekspluatatsion ishonchliligini baholash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Uyurma shaxtali suv tashlagich suv olib ketuvchi trakti ichida energiyani so‘ndirish konstruksiyasi va ularni xisoblash asoslari hamda foydalanish davridagi ishonchliligi “O‘zsuvta’mirfoydalanish” Respublika birlashmasiga qarashli suv omborlarida, jumladan, Hisorak suv ombori, Chimqo‘rg‘on va Pachkamar suv omborlarida, “Gidroproekt” AJ tomonidan qurilishi davom etayotgan To‘polang suv ombori suv tashlagich inshooti loyihasining bitta varianti sifatida qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 18 fevraldagi 04/30-147 – son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya natijalarining amaliyotga joriy qilinishi yuqori bosimli suv omborlarining suv chiqaruvchi inshootlarini pastki b`eflarida yuvilish jarayonlarining oldini olish, ekologik vaziyatning yaxshilanishiga hamda ularning ishonchli va havfsiz ishlashi ta’minlashga imkon bergan. Shuningdek, tadqiqot natijalari bo‘yicha To‘polang suv ombori qurilishida taklif qilingan variantda kapital mablag‘larning 40 foizdan ortiq tejalishiga erishilgan.