Shamsutdinova Vinera Xafizovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahsulotlarning umumiy antioksidantlik faolligi usullari va analizatorlari», 05.03.01–Asboblar. O‘lchash va nazorat qilish usullari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T364.
Ilmiy rahbar: Gulyamov Shuxrat Manapovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Ismatullaev Patxulla Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor, Nazarov Abdulaziz Muminovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kislorodning elektr tiklanishi jarayonining qonuniyatlarini hamda qo‘zg‘atilgan lyuminoforlar va kislorodlarning molekulalari qatnashgan fotofizikaviy jarayonlarni o‘rganish asosida tabiiy va sun’iy tabiatli mahsulotlarning umumiy antioksidant faolligini aniqlash uchun mavjud usul va asboblarni takomillashtirish hisoblanadi. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
kislorodni elektr tiklanishi sharoitida o‘simlik tabiatli mahsulotlarning umumiy antioksidant faolligini o‘lchash usullari ishlab chiqilgan;
klassik yoki differensial o‘lchash rejimida vol`tamperogrammalarni qayd etib standart fosfat buferda (rN=6,86) uch elektrodli elektrkimyoviy yacheykadagi kumush elektrod yuzasida kechadigan kislorodning elektr tiklanish jarayoni model` reaksiyasi sifatida ishlatiladigan hamda tahlil qilinadigan va standart moddalarning elektr-kimyoviy oksidlanishini o‘z ichiga olgan umumiy antioksidant faolligini miqdoriy baholash usuli ishlab chiqilgan;
o‘simlik va sintetik tabiatli ob’ektlarning umumiy antioksidant faolligi qiymatini baholash mezonlari asoslangan;
o‘simlik va sintetik tabiatli moddalarning umumiy antioksidant faolligini o‘lchash o‘zgartirish jarayonlarining modellari qurilib, optimal qiymatlari aniqlangan;
mahsulotlarning antioksidant faolligini aniqlashni optik usullari asbobli amalga oshirilgan, qo‘zg‘atilgan lyuminoforlar va kislorodlarning molekulalari qatnashgan fotofizikaviy jarayonlar tahlili va Shtern-Fol`mer tenglamasi bo‘yicha namunadagi kislorod konsentratsiyasiga ko‘ra yuqori aniqlikda antioksidant faolligini aniqlash uchun qurilmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mahsulotlarning umumiy antioksidantlik faolligi usullari va analizatorlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘simlik tabiatli mahsulotlarning umumiy antioksidant faolligini o‘lchash usullarini takomillashtirish O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo intstituti va «Chirchiq sinov va sertifikatlashtirish markazi» DKda sanoat-sinov tajribalaridan o‘tib, korxonalar faoliyatiga joriy qilingan («O‘ZSTANDART» agentligining 2019 yil 4 noyabrdagi 01/5453-son ma’lumotnomasi). Natijada mahsulotlarning antioksidant xususiyatlariga bir qator muhim omillar ta’siri to‘g‘risida mavjud bo‘lmagan ma’lumotlarni to‘ldirish va moddalarning antioksidant faolligi bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirish imkonini bergan;
oziq-ovqat mahsulotlari, alkogolik va alkogolsiz ichimliklar, shuningdek ovqatda biologik faol qo‘shimchalarning antioksidant faolligini miqdoriy baholash usuli O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo intstituti va «Chirchiq sinov va sertifikatlashtirish markazi» DKda sanoat-sinov tajribalaridan o‘tib, korxonalar faoliyatiga joriy qilingan («O‘ZSTANDART» agentligining 2019 yil 4 noyabrdagi 01/5453-son ma’lumotnomasi). Natijada standart qurilma va reagentlardan foydalangan holda antioksidant faollik ko‘rsatkichi bo‘yicha mahsulot sifatini baholash imkonini bergan;
xemilyuminessent reaksiyasidan foydalangan holda suyuq muxitlardagi kislorod konsentratsiyasini o‘lchash natijasida antioksidant faolligini aniqlash uchun qurilma O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo intstituti va «Chirchiq sinov va sertifikatlashtirish markazi» DKda sanoat-sinov tajribalaridan o‘tib, korxonalar faoliyatiga joriy qilingan («O‘ZSTANDART» agentligining 2019 yil 4 noyabrdagi 01/5453-son ma’lumotnomasi). Natijada ob’ektlarning antioksidant faolligi bo‘yicha kimyoviy, oziq-ovqat farmatsevtika va kosmetik mahsulotlarini sertifikatlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish