Ismailova Gulnoza Saydiganixodjaevnaning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiyasi mavzusi, ixtisoslik shifri: «O‘zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati va o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini liberallashtirishning davlat-huquqiy yo‘nalishlari», 12.00.02 – Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlari bo‘yicha).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /yuridik fanlar nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 28.04.2016/B2016.2.Yu79.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni. Azizxo‘jaev Alisher Abbosovich, yuridik fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, 16.07.2013. Tar.Yu. 30.01.

Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni. yu.f.d., dots. O‘.X.Muxamedov, yu.f.d., professor E.D.Kutibaeva, yu.f.d. X.T.Mamatov.

Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

   II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy davlat hokimiyati va o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini liberallashtirishning davlat huquqiy yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

hududda ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish va uni kompleks rivojlantirish bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakolatini kengaytirish yuzasidan takomillashgan huquqiy mexanizm asoslangan;

aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini markazlashgan holda ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va manzilli foydalanish asosida takomillashtirish asoslab berilgan;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish asosida ular faoliyati samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan tashkiliy-huquqiy mexanizm ishlab chiqilgan;

mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining hisobotlarini tinglash mexanizmini tartibga solishga oid vakolatlarni samarali amalga oshirish mexanizmi asoslangan

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini liberallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:

O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonun 11-moddasi (Shaharcha, qishloq, ovul va shahardagi mahalla fuqarolar yig‘ini vakolatlari) hamda 12-moddasi (Shaharchadagi, qishloqdagi va ovuldagi mahalla fuqarolar yig‘inining vakolatlari)ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda Qonunga 20-modda (Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish) bilan to‘ldirish yuzasidan takliflar qonun loyihasi ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi. 2016 yil 21 yanvar`, 06/1-06/288-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar fuqarolar yig‘inlarining huquq hamda vakolatlarini kengaytirishga xizmat qildi;

«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun bilan «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonunga kiritilgan 251-moddani qo‘mita tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqishda va kiritishda takliflardan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati. 2015 yil 19 iyun`, 06-07/334-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya natijalari mahalliy ijroiya hokimiyati organlari ishining samaradorligiga xizmat qildi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015 yil 22 iyundagi KQ-27-III-sonli Qarori bilan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qo‘mitalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qabul qilgan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga ma’qullash uchun kelib tushgan qonunlarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga hamda «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni takomillashtirishda takliflar o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati. 2016 yil 14 yanvar`, 06-18/23, 06-18/24 rasmiy xatlari). Bu mahalliy davlat hokimiyati organlarining ishini yanada takomillashtirishga imkon berdi;

O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar yig‘inining jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissiyasi Namunaviy nizomi» loyihasini ishlab chiqishda taklif va tavsiyalardan foydalanilgan, ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 7 oktyabrdagi «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 274-sonli Qarorida o‘z aksini topgan. Shuningdek, tadqiqotchi «O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar» Dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida tuzilgan ekspert guruhining a’zosi sifatida faol ishtirok etgan (O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi. 2016 yil 28 mart, 02-01/265-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish, hisobotlarni eshitish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, jumladan, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish uchun xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish