Mustafaeva Nodira Abdullaevnaning

doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiyasi mavzusi, ixtisoslik shifri «Mustamlaka va sovet davri tarixshunosligida O‘zbekistonning XX asr  madaniyati», 07.00.07 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (tarix fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tarix fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Tar162.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni. Alimova Dilorom Agzamovna, tarix fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tarix instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz, Tarix instituti, Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Sharq qo‘lyozmalari markazi, 22.12.2015.Tar.01.06

Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni. Inoyatov Qutlug‘jon Hamdamovich, tarix fanlari doktori, professor, Ishoqov Mirsodiq Mirsultonovich, tarix fanlari doktori, professor. Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi. XX asr O‘zbekiston madaniyati tarixidagi jarayonlar hamda o‘zbek xalqining madaniy-ma’naviy hayotidagi o‘zgarish­larni mustamlaka va sovet davri tarixshunosligi doirasida tizimli ravishda ochib berishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

mustamlaka siyosati sharoitida Turkiston taraqqiyparvarlarining milliy madaniyat taraqqiyotiga xizmat qilgan nazariy qarashlari va ijtimoiy hayotga joriy etgan madaniy-ma’rifiy yangiliklarining jamiyat dunyoqarashidagi o‘zgarishlarga ta’siri tarixshunoslik rakursida ochib berilgan;

«yagona sovet madaniyati» sun’iy g‘oyasini sobiq ittifoqdagi barcha millatlar qatori o‘zbek xalqi ma’naviy hayoti va ijtimoiy munosabat­lariga qat’iy tatbiqining usul va vositalari hamda ularning ijro mexanizmi va intensivlik darajasining mohiyati tarixshunoslik jihatdan aniqlangan;

mustabid tuzumning madaniyat sohasini g‘oyatda siyosiylashtirishi, o‘tmish qadriyatlardan mahrum qilishga qaratilgan siyosati sharoitida o‘zbek xalqining milliy o‘zlik va madaniy merosini saqlab qolishga, ma’naviy kamolotiga, taraqqiyotga bo‘lgan intilishlari sovet davri adabiyotlarining tizimli tavsifi bilan ko‘rsatilgan;

islom diniga munosabat orqali sovet diniy siyosatining ikkiyoqlama xarakteri – milliy ma’naviy hayotga ateistik qarashlarni tizimli joriy etilishi, boshqa tarafdan, jahonga «diniy e’tiqod erkinligi»ni namoyon qilish hamda jamiyatning ijtimoiy ahvolidan kelib chiqib diniy siyosatning to‘lqinsimon tarzda tashkil qilingani ochib berilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: Mustamlaka va sovet davri tarixshunosligida O‘zbekistonning XX asr madaniyatiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:

mustamlaka siyosati sharoitida Turkiston o‘lkasi xalqlarining milliy madaniyatiga doir xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 9 oktyabrdagi «O‘zbekiston tarixi davlat muzeyini bugungi zamonaviy talablar darajasida rekonstruksiya qilish, Mustaqillik g‘oyalari asosida qayta shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan «O‘zbekistonning qadimdan bugungi kungacha tarixi» mavzuidagi ekspozisiyaning «O‘zbekiston XIX – XX asrlarda» nomli VIII bo‘limini qayta shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 2016 yil 16 maydagi 3/1255-668-son dalolatnomasi). Bunda Turkiston taraqqiyparvarlarining zamonaviy ta’lim va madaniy-ma’rifiy yangiliklarni joriy etishlari jamiyat tafakkuridagi o‘zgarish­larga ta’siri, mustamlaka ma’muriyatining bu yangiliklarga aholining siyosiy onggiga ta’sir ko‘rsatuvchi vosita sifatida qaraganligi va salbiy munosabati ko‘rsatib berilgan;

mustabid sovet tuzumining milliy madaniy qadriyatlardan mahrum qilishga qaratilgan faoliyati, mafkuralashtirilgan madaniyatni xalq onggiga majburan singdirishda qo‘llagan vosita hamda usullar yuzasidan olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 5 maydagi «Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi PQ-861-sonli Qaroriga muvofiq tashkil qilingan muzey ekspozisiyalarining «1937 – 1938 yillardagi siyosiy qatag‘o-n­lar», «1940 – 1950 yillardagi siyosiy qatag‘onlar» mavzuidagi bo‘limlarini qayta shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 2016 yil 16 maydagi 3/1255-668-son dalolatnomasi). Mazkur xulosalar sobiq ittifoqdagi barcha millatlar qatori o‘zbek xalqi ma’naviy hayoti va ijtimoiy munosabatlariga «yagona sovet madaniyati» sun’iy g‘oyasini qat’iy tatbiq qilishda amalga oshirilgan majburiy usul hamda vositalar, ularning ijro mexanizmini tarixiy manbalar asosida ochib berish imkonini bergan;

siyosiylashtirilgan sovet madaniyatini jamiyat ongiga majburan singdirish va targ‘ib qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar OT-F8-211 «XX asr O‘zbekiston madaniyat tarixi» nomli fundamental loyihaning «XX asr O‘zbekiston madaniy hayoti tarixshunosligi» va «Sovet hokimiyatining madaniyat sohasidagi siyosati» qismlarida qo‘llanilgan (Fan va texnologiya­larni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 10 maydagi FTK-0213/302-son dalolatnomasi). Bu mustabid tuzumning madaniyat sohasini g‘oyatda siyosiylashtirishi, o‘tmish qadriyatlardan mahrum qilishga qaratilgan siyosati sharoitida o‘zbek xalqining taraqqiyotga, milliy o‘zligi va madaniy merosini saqlab qolishga bo‘lgan intilishlari bo‘yicha ilmiy xulosalarni takomillashtirishga imkon yaratgan;

sovet davrida turli millatlar qatori o‘zbek xalqi ma’naviy hayotiga ateistik targ‘ibotning tatbiq etilishi bo‘yicha qo‘llanilgan usul va vositalar bo‘yicha ilmiy xulosalar O‘zbekiston teleradiokompaniyasi «O’zbekiston» telekanalining ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy mavzu­dagi «Munosabat», «Nigoh» ko‘rsatuvlari tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasi «O’zbekiston» telekanali» davlat unitar korxonasining 2016 yil 3 maydagi 01-02690-sonli dalolatnomasi). Bu sovet mafkurasining ta’qib va tazyiqi minglab insonlarning, ayniqsa ziyolilar taqdirida ayanchli iz qoldirgani haqidagi tarixiy haqiqatlarni teletomo-shabinlarga ta’sirli etkazishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish