Juraev Muhiddin Nortojievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Avtotransport vositalari tashish imkoniyatlarini radial marshrutlarga samarali taqsimlash modellari va usullarini takomillashtirish (paxta xomashyosini tashish misolida)», 05.08.06– G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T227.
Ilmiy rahbar: Shermuxamedov Abdulaziz Adilxakovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.09.01.
Rasmiy opponentlar: Samatov G‘affor Allakulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kalauov Saydulla Aymaxanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: avtotransport vositalari qatnovlarini radial marshrutlarga taqsimlashni kombinatorika usuldan foydalanib takomillashtirish va buni paxta xomashyosini tashishda qo‘llash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtotransport vositalarini radial marshrutlariga samarali taqsimlash masalasining matematik modeli, umumiy qatnovlar sonini marshrutlarga teng taqsimlash talabi asosida, qo‘shimcha chegaraviy shart kiritilishi orqali takomillashtirilgan;
radial marshrutlarga avtotransport vositalarini samarali taqsimlash masalasiga diskret echimlarini aniqlash imkonini beradigan kombinatorika usulini qo‘llash uchun nazariy xossalar shakllantirilgan va isbotlangan;
avtotransport vositalarini radial marshrutlariga samarali taqsimlash masalasini chegaraviy sharti sifatida olingan avtotransport vositalarining tashish imkoniyatlari yuklanganlik darajasini ta’minlaydigan avtoqatnovlar yig‘ilmasini shakllantirish usuli ishlab chiqilgan;
avtotransport vositalarini radial marshrutlarga samarali taqsimlash masalasini echishning kombinatorika usuli va algoritmi ishlab chiqilgan;
avtotransport vositalarini yuk ko‘taruvchanligi, marshrutlardagi harakat vaqti va masofasi hamda marshrutlarga optimal taqsimlash mezonlari orqali samaradorligini baholash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxta xomashyosini tashishda avtotransport vositalarini radial marshrutlarga samarali taqsimlash modellari va usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
avtotransport vositalarini radial marshrutlariga samarali taqsimlash masalasini chegaraviy sharti sifatida olingan avtotransport vositalarining tashish imkoniyatlari yuklanganlik darajasini ta’minlaydigan avtoqatnovlar yig‘ilmasini shakllantirish usuli “NISHON PAXTA TOZALASH” AJga joriy etilgan (“OʻZPAXTASANOAT” AJning 2019 yil 22 avgustdagi 02-18/4971-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta tozalash korxonasining kunlik tashish hajmini bajarishda ishtirok etayotgan avtotransport vositalarini ish vaqtidan samarali foydalanish imkoniyati yaratilgan;
avtotransport vositalarini radial marshrutlarga samarali taqsimlash masalasini echishning kombinatorika usuli va algoritmi “NISHON PAXTA TOZALASH” AJga joriy etilgan (“OʻZPAXTASANOAT” AJning 2019 yil 22 avgustdagi 02-18/4971-son ma’lumotnomasi). Natijada avtotransport vositalarini marshrutlarga davriy ravishda (masalan, haftalik, oylik, mavsumiy, yillik) samarali taqsimlash orqali paxta tozalash korxonasini uzluksiz xomashyo bilan ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
avtotransport vositalarining yuk ko‘taruvchanligi, marshrutlardagi harakat vaqti va masofasi hamda marshrutlarga optimal taqsimlash mezonlari orqali samaradorligini baholash usuli “NISHON PAXTA TOZALASH” AJga joriy etilgan (“OʻZPAXTASANOAT” AJning 2019 yil 22 avgustdagi 02-18/4971-son ma’lumotnomasi). Natijada transport vositalarining yuk ko‘taruvchanlik qobiliyati, texnik tezligi va ish unumi (tkm) oshishi hisobiga qatnovlar sonining kamayishiga erishilgan.