Abduraupov Rustam Ramzovichning

doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «O‘zbekistonda xorijiy investisiyali korxonalar iqtisodiy salohiyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: / Guvohnoma, LA 0000211/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 31.03.2016/B2016.1.I170.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni. Vaxabov Alisher Vasikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,16.07.2013.I.03.01.

Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni. D.N.Raximovaiqtisodiyot fanlari doktori, professor; O.Q.Abduraxmonov, iqtisodiyot fanlari doktori; D.X.Suyunov, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

  II. Tadqiqotning maqsadi –xorijiy investisiyali korxonalar iqtisodiy salohiyatini boshqarishning uslubiy asoslarini takomillashtirish va kompleks-balanslashgan shaffof boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

xo‘jalik aylanmasidagi mulk salohiyati, kadrlar salohiyati va mulkdorning salohiyatiga bog‘liq holda xorijiy investisiyali korxonalarning iqtisodiy salohiyatini tizimli taqdim etish, tadqiq qilish va boshqarishga qiymatli yondashuv asoslab berilgan;

xorijiy investisiyali korxonalar iqtisodiy salohiyatini shaffof boshqarishning kompleks-balanslashgan modeli nazariy-uslubiy asoslari ilk bor ishlab chiqilgan hamda iqtisodiy salohiyatni baholash va empirik tahlil qilish uslublari takomillashtirilgan;

biznesning real qiymati va ob’ektiv narxiga bog‘liq bo‘lgan adolatli qiymat konsepsiyasini qo‘llagan holda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida mamlakatimiz xorijiy investisiyali korxonalarning shaffofligini ta’minlash uslubi ishlab chiqilgan;

xorijiy investisiyali korxonalar iqtisodiy salohiyatini kompleks-balanslashgan qiymatli boshqarishning sxemali-matematik ko‘p omilli modellari ishlab chiqilgan;

xorijiy investisiyali korxonalar iqtisodiy salohiyatini qiymatli shaffof boshqarishning kompleks-balanslashgan modelini amalga oshirishning istiqbollari aniqlagan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Xorijiy investisiyali korxonalar iqtisodiy salohiyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:

aksiyadorlik jamiyatlarining investorlar uchun ochiq bo‘lgan korporativ axborot bazasining tuzilishi va mazmunini takomillashtirish borasidagi ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-396-son «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-son «Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikaning xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2016 yil 6 maydagi №2647/0209-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar aksiyadorlik jamiyatlarining axborot oshkorligi va aksiyadorlarning huquqlarini himoyalanish darajasining oshishi hamda aksiyadorlik jamiyatlarining xorijiy investorlar uchun investision jozibadorligining oshishiga olib keldi;

Kompaniyalar (sh.j. xorijiy investisiyali korxonalar) kapital strukturasi determinantlarini boshqarishga taalluqli takliflardan Evropa komissiyasining Ettinchi tarkibiy Dasturi doirasidagi 312029-son grant kelishuvi bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Vageningen universiteti va tadqiqot markazining (Niderlandiya) 2015 yil 29 oktyabrdagi №09098104-son dalolatnomasi). Ushbu natijalar kompaniyalar (sh.j. xorijiy investisiyali korxonalar)ning raqobatbardoshligini belgilovchi omillar aniqlanishi va ularning iqtisodiy salohiyatini boshqarish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilishini ta’minladi;

xorijiy investisiyali korxonalar iqtisodiy salohiyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlanmalar «Uzeltexsanoat» AKning kompaniyalari amaliy faoliyatiga joriy qilindi («Uzeltexsanoat» AKning 2016 yil 24 maydagi №04-771-son ma’lumotnomasi), jumladan:

xorijiy investisiyali korxonalar iqtisodiy salohiyatini qiymatli boshqarishning kompleks-balanslashgan modelini qo‘llash xususidagi takliflar 2015 yilning ikkinchi yarimyilligi natijalariga ko‘ra aktivlar va passivlarni boshqarish samaradorligi oshishiga olib keldi. Bu esa kompaniyalar (sh.j. xorijiy investisiyali korxonalar) kapitalining o‘rtacha hisoblangan qiymatini o‘rtacha 0,5 foizga kamaytirish, erkin pul oqimlari oqimini o‘rtacha 8,2 foizga va mos ravishda iqtisodiy salohiyat ekvivalenti hisoblangan adolatli qiymatni o‘rtacha 8,3 foizga ko‘paytirish imkonini berdi;

xorijiy investisiyali korxonalar iqtisodiy salohiyatini tizimli taqdim etish, tadqiq qilish va boshqarishga qiymatli yondashuv xususidagi ilmiy natijalar boshqaruv va investision qarorlarni qabul qilishda real aktivlar bo‘yicha «pufak»ni o‘z vaqtida aniqlash va oldini olishda foydalanilmoqda;

ishlab chiqilgan xorijiy investisiyali korxonalar iqtisodiy salohiyatini qiymatli boshqarishning omillarini empirik tahlil qilish uslubi va modeli ularning rivojlanishida mavjud muammolar, umumiy tendensiyalar va qonuniyatlarni 80 foizgacha aniqlikda bilish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish