Abduganieva El`nora Abralovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Gemostaziologicheskie narusheniya u patsientov s xronicheskoy obstruktivnoy bolezn`yu legkix i optimizatsiya mer profilaktiki i lecheniya», 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib744.
Ilmiy rahbar: Liverko Irina Vladimirovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qayumov Ulugbek Karimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Maxmudova Aziza Djumanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi Milliy ilmiy ftiziopul`monologiya markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda gemostaziologik buzilishlarni davolash va profilaktika chora-tadbirlarini differensirlashgan yondashuvlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
curunkali obstruktiv o‘pka kasalligi tizimli yallig‘lanish bilan kechuvchi xastalik sifatida chuqur “gemostaziologik stress” holati bilan kechishi va bu fenotipik xususiyatlar hamda koagulyasiya, antikoagulyasiya va fibrinolitik faollik orasidagi to‘g‘ri hamda teskari bog‘lanishlarda ifodalanganligi asoslangan;
curunkali obstruktiv o‘pka kasalligida kasallikning fenotipik determinantalari va gemostaziologik muvozanatning o‘zgarish xarakteri orasidagi bog‘liqlik xususiyatlari aniqlangan hamda gemostaziologik buzilishlarni tashhislashda skrining ko‘rsatkichlarini kam axborotliligi isbotlangan;
curunkali obstruktiv o‘pka kasalligida pretrombotik holatlar rivojlanish xavfini prognozlash mezonlari va pretrombotik holatlar rivojlanish xavfidan kelib chiqqan holda tashhisot hamda davolashning differensiyalashgan yondashuvlari ishlab chiqilgan;
curunkali obstruktiv o‘pka kasalligi yuqori trombotik xavf kasalligi ekanligi, unda pretrombotik holatlar rivojlanish xavfini tashhislash hamda antikoagulyasion davolash tarkibiy qismlari zarururligi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
SOO‘K bilan og‘rigan bemorlarda gemostazni baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda fenotipik prediktorlar va biomarkerlarning miqdoriy baholash hamda xavf guruhlari shakllantirish usuli yordamida giperkoagulyasion buzilishlar profilaktikasida differensirlashgan yondoshuv» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 6 dekabrdagi 8n-d/304 – son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi bilan og‘rigan bemorlar orasida giperkoagulyasion buzilishlar rivojlanish xavf guruhlarini ob`ektivlashtirishga, mutaxassislarni bu muammoga diqqatini jalb qilish va trombotik hodisalarning faol profilaktikasi doirasida hatti-xaraktlarini asoslab berishga imkon bergan; 
«Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda giperkoagulyasion buzilishlarni differensirlashgan davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yildagi 6 dekabr` 8n-d/304 - son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali obstruktiv o‘pka kasalligida gemostazning giperkoagulyasion buzilish xavfini prognozlash asosida antikoagulyasion davolashni differensirlashgan holda tayinlashga imkon beradi, bu esa kasallikning avj olishida gemostaziologik muvozanat indeksining me’yorlashishiga hamda avj olishdan keyingi davrda trombotik hodisalarning oldini olinishga imkon bergan.
Surunkali obstruktiv o‘pka kasallik bilan og‘rigan bemorlarda giperkoagulyasion buzilishlarni profilaktikasi, tashhisoti va davolash yondashuvlarini optimizatsiyalashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan Toshkent shahar 3–klinik shifoxonasi va Samarkand shahar tibbiyot birlashmasi pul`monologiya va allergologiya bo‘limi klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yildagi 11 dekabr` 8n-z/222-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga tadbiq etilishi tibbiy samaradorlik ko‘rsatkichini yaxshilash, shifoxonaga yotqizish sonini kamaytirish, asoratlar va nogironlikni uchrash xavfini pasaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish