Paluanova Xalifa Daribaevnaning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Ingliz, o‘zbek, rus va qoraqalpoq, tillarida ekologik terminlarning derivatsion-semantik prinsiplari» 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha (filologiya fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: / Guvohnoma, LA № 0000079/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Fil263
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni. Boqieva Gulandom Hisomovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 16.07.2013.Fil.09.01
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni.: I.A. Siddiqova filologiya fanlari doktori; S.X. Muxammedova filologiya fanlari doktori; G‘.M. Xoshimov filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Jahon iqtisodi va diplomatiya universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek, qoraqalpoq, ingliz va rus tillaridagi ekologik terminlarning sintaktik-, leksik-, semantik- va nominativ- derivatsion xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘zbek, qoraqalpoq, ingliz va rus tillaridagi ekologik terminlarning derivatsion tamoyillari aniqlangan;
o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi ekologik terminlarning belgilari, diskursda pragmalingvistik voqealanishi va tarixiy shakllanishi ilmiy asoslangan;
mustaqil terminologik tizim sifatida turli tizimli tillardagi ekologik terminlarning leksik-, sintaktik-, semantik- va nominativ-derivatsion xususiyatlari ochib berilgan;
ekologik terminlarning o‘zbek, qoraqalpoq, ingliz va rus tillariga o‘zlashgan qatlamining miqdoriy ko‘rsatkichi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Turli tizimli tillarda ekologik terminlarning shakllanish va rivojlanishi, derivatsion xususiyatlarini tadqiq qilish jarayonida ishlab chiqilgan qiyosiy tipologik takliflar asosida:
turli tizimli tillarda ekologik terminlar «Filologiya va tillarni o‘qitish (roman-german filologiyasi)» hamda «Xorijiy til va adabiyoti (roman-german filologiyasi)» bakalavr ta’lim yo‘nalishlarida «Umumiy tilshunoslik», «Chet tili amaliy kursi», «Til nazariyasi», «Qiyosiy tipologiya va tarjima nazariyasi» fanlari bo‘yicha uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti (O’zStandart Davlat agentligida 2014 yil 18 sentyabr`da O’zDSt 36.1410:2014 №05-573 qayd raqami bilan ro‘yxatga olingan) mazmuniga singdirilgan. Taklif etilgan materiallar so‘z yasash modellari asosida ekologik leksika hosil qila olish usullarini, keng ko‘lamdagi baynalmilal ekologik terminlarni farqlash va ularni o‘zbek, qoraqalpoq, ingliz va rus tillarida taqqoslash xususiyatlarini ochib berishga xizmat qiladi;
tilshunoslikda ekologik terminlar «Lingvistika (roman-german filologiyasi)» hamda «Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)» magistratura ta’lim yo‘nalishlarida «Asosiy chet tili», «Qiyosiy tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari», «Kasbga yo‘naltirilgan ingliz tili» fanlari bo‘yicha uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti (O’zStandart Davlat agentligida 2014 yil 8 iyulda O’zDSt 36.1033:2014 №05-557-qayd raqami bilan ro‘yxatga olingan) mazmuniga singdirilgan. Turli tizimli tillarda ekologik sohaga taalluqli matnlarni anglash, ekologik terminlarning matnda qo‘llashning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatish orqali so‘z va terminlar ma’nosini tahlil qilish strategiyalari va bosqichlarini va sohaga oid terminlarni qo‘llay olish va tarjima qilish usullarini yoritib bera oladi;
tilshunoslik va ekologiyaning integratsiyalashuvi borasidagi takliflar IOT-2016-1-15 «Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan rus va o‘zbek tillarida elektron darslik yaratish» (2016) mavzusidagi innovatsion loyiha ishida foydalanilgan. Taklif etilgan materiallar tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayon va hodisalar, uning rivojlanishi haqida bilimlar, insonning atrof muhitga munosabatini belgilovchi mezonlar talqinini o‘zbek va rus tillarida yoritib berishga xizmat qiladi.