Mustofoqulov Jabbor Axmatqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoriq-g‘ovak muhitlarda nomuvozanat adsorbsiya hisobga olinib modda ko‘chishi masalalarini echish», 01.02.05–Suyuqlik va gaz mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/FM354.
Ilmiy rahbar: Xo‘jayorov Baxtiyor Xo‘jayorovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.30.08.2018.FM/T.02.09.
Rasmiy opponentlar: Arifjanov Oybek Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Djabborov Mamasoli Sodikovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yoriq-g‘ovak muhitlarda nomuvozanat adsorbsiya hamda diffuziyani hisobga olgan holda modda ko‘chishi va suyuqliklar harakati masalalarining gidrodinamik modellarini takomillashtirish va sonli echish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nomuvozanat adsorbsiya va uning xususiyatlarini hisobga olgan holda yoriq-g‘ovak muhitda modda ko‘chishi va suyuqlik harakati masalalari echilgan hamda ularning ushbu muhitdagi inert va aktiv moddalar ko‘chishiga ta’siri baholangan;
bitta yoriq va g‘ovak blokdan, shuningdek. ikkita yoriq va ularning o‘rtasidagi g‘ovak bloklardan tashkil topgan yoriq-g‘ovak muhit elementida modda ko‘chishi masalasi uchun nomuvozanat adsorbsiyaning uch xil ko‘rinishdagi tenglamalari tuzilgan;
nomuvozanat adsorbsiyani va diffuziyani hisobga olib. modda ko‘chishining matematik modeli ishlab chiqilgan va adsorbsiyaning muhitlar chegarasidagi modda almashinuvi ko‘rsatgichlariga sezilarli ta’sir etishi isbotlangan;
moddaning ximik-biologik aktivligi yoki radioaktiv emirilishi hisobga olinganda konsentratsiya tarqalish maydonining qisqarishi va adsorbsiya qiymatining kamayishiga olib kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yoriq-g‘ovak muhitlarda suyuqlik harakati va modda ko‘chishi jarayonlarining takomillashtirilgan modellarini sonli tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan hisoblash algoritmlari va dasturiy vositalari asosida:
suyuqlik harakati va adsorbsiyalangan moddaning yoriq-g‘ovak muhitda ko‘chishi jarayonining gidrodinamik dispersiya, diffuziya va nomuvozanat adsorbsiya effektlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan modellari va hisoblash algoritmlari BV-Atex-2018-9 raqamli «Texnogen omillardan atmosfera va suv resurslarini himoyalash masalalarini echish uchun modellar, taqsimlangan hisoblash algoritmlari va dasturiy vositalar ishlab chiqish» fundamental loyihasida tuproqli qatlamlarda nam tuz ko‘chishi miqdorini hisoblashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 26 apreldagi 33-8/2897-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi raqamli algoritmlarni amalga oshirishda hisob-kitob eksperimentlarini avtomatlashtirishga va g‘ovak muhitda modda ko‘chishining murakkab masalalarini echish jarayonini hisoblash davomiyligini sezilarli darajada qisqartirish imkonini bergan;
inert va aktiv moddalarning yoriq-g‘ovak muhitlarda ko‘chishi jarayonining takomillashtirilgan matematik modellarini tuzish va sonli tahlil etish bo‘yicha olingan natijalar FA-F078 raqamli «G‘ovak muhitlarda birjinslimas suyuqliklar sizishi gidrodinamik modellarini ishlab chiqish va tadqiq qilish» loyihada g‘ovak muhit devorlariga modda konsentratsiyasining adsorbsiyalanishini hisoblashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 noyabrdagi 89-03-4297-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi murakkab geometriyali sohalar uchun er osti qatlamlarida adsorbsiyalanuvchi modda ko‘chishining ko‘p o‘lchovli masalalarini gidrodinamik modellarini takomillashtirish, hisoblash eksperimentini o‘tkazish va natijalarni vizuallashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish