Djumanova Dilbar Raximovnaning

doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «So‘zning til aloqa jarayonidagi fonologik modeli», 10.00.06 – Qiyosiy tilshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari)

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /pedagogika fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № 30.09.2014/B2014.5.Fil.223

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh.., ilmiy darajasi va unvoni. Boqieva Gulandom Xisamovna, filologiya fanlari doktori, professor

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jaxon tillari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti. 16.07.2013.Fil.09.01.

Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni.. Dadaboev Hamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor; Bakirov Poyon Uralovich, filologiya fanlari doktori;  Xashimova Dil`darxon Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor

Yetakchi tashkilot nomi:  Farg‘ona davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi  lisoniy muloqot jarayonida jonli ruscha nutqdagi  o‘zbekcha so‘zlarning  fonologik modelini aniqlashdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

realema tushunchasi o‘zaro lisoniy muloqot jarayonida o‘zbek tilidan jonli ruscha nutqqa o‘tib turuvchi va o‘zbekona turmush tarzini, realiyalarini ifodalovchi til birligi  sifatida aniqlangan;

bilingvlarning jonli ruscha nutqda qo‘llaniluvchi o‘zbekcha realemalar tematik paradigmalar bo‘yicha va qo‘llanish chastotasiga bog‘liq holda ishlab chiqilgan;

jonli ruscha nutqdagi o‘zbek leksemalarining tovush silsilasida o‘ziga xos ketma-ketlik tendensiyalari mavjudligi isbotlab berilgan;

jonli ruscha nutqdagi o‘zbekcha realemalarning fonologik modellari aniqlangan va ulardagi fonemalarning ifoda usullari belgilangan;

jonli ruscha nutqdagi o‘zbekcha realemalarning aksentologik xususiyatlari o‘ziga xosligi bilan ajralib turishi va jonli o‘zbekcha nutqdagi leksemalarning urg‘usi bilan farqlanishi isbotlab berilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Lisoniy muloqot jarayonida so‘zning fonologik modeli bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida:

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishida («5120100-Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili) »)  fonetika, leksikologiya, rus tili O‘zbekistonda, qiyosiy tipologiya va tarjima nazariyasi fanlari bo‘yicha uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti (O’zDStandart  Davlat  agentligida  2014 yil 10  oktyabrda O’zDSt 36.1550:2014 qayd raqami 05-580-son qarori bilan ro‘yxatga olingan) mazmuniga singdirilgan. Taklif etilgan materiallar o‘zbek tilidagi  so‘zlarni rus tilida talaffuz qilish normalari asosida spesifikasini to‘g‘rilash va fonetik va fonologik jihatdan to‘g‘ri talaffuz  qilish imkonini bergan; noekvivalent leksikani bilish o‘zbek tilidan rus tiliga samarali tarjimaga yordam beradi va uning lingvomadaniy mohiyatini ochishga xizmat qilgan.

Magistratura («5A120102-Lingvistika (tillar bo‘yicha)) ixtisosligi bo‘yicha rus tili xorijiy til va madaniyati muhitida, lisoniy muloqot, qiyosiy tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari fanlari bo‘yicha uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti (O’zDStandart  Davlat  agentligida  2014 yil 27 avgustda O’zDSt  36.1211:2041  qayd raqami 05-567-son qarori bilan ro‘yxatga olingan) mazmuniga singdirilgan. Taklif etilgan materiallar lisoniy muloqot jixatlarini va lingvomadaniy mohiyatini yoritishga xizmat qilgan.

o‘zbek realemalari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari «Qonun tilining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha lug‘ati»ning A, B, V, D, M, N, O, T, U, Sh, Q harflarida o‘z aksini topgan, bu o‘z o‘rnida so‘zni to‘g‘ri ifoda etishga xizmat qilmokda.

Yangiliklarga obuna bo‘lish