Axmedjanov Karim Bakidjanovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki audit metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.07 - «Moliya. Buxgalteriya hisobi» (iqtisodiyot fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /iqtisod fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 28.04.2016/B2016.2.I.483.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni. N.F. Karimov, iqtisod fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya instituti va Toshkent Moliya instituti, 16.07.2013.I.31.01.

Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni. A.K. Ibragimov, iqtisod fanlari doktori, professor; M.Q. Pardaev, iqtisod fanlari doktori, professor; R.D. Dusmurodov, iqtisod fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent moliya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi: xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki audit metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ichki audit xizmatini samarali tashkil etish yuzasiddan milliy auditorlar Palatasi qoshida maxsus ichki audit tuzilmasini shakllantirish takliflar asoslab berilgan;

ichki auditor xizmati faoliyatini rejalashtirish va yakuniy auditorlik hisobotini tayyorlash jarayonining izchilligi va o‘zaro muvofiqligini ta’minlash mexanizmi  takomillashtirilgan;

iqtisodiy rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasi, xalqaro tan olingan talablarni umumlashtirish va milliy iqtisodiyotning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ichki audit standartlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar asoclangan;

xarajatni qisqartirish va daromadni oshirish imkonini beruvchi ichki audit vakolatlarini taqsimlash jarayonining o‘zaro bog‘liq uch bosqichli tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi ishlab chiqilgan;

ichki audit nazoratining sifati va audit natijasi ishonchliligini yanada oshirishga yo‘naltirilgan ichki audit xizmati faoliyatini tashkil qilishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi takomillashtirilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Dissertatsiya tadqiqotida olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘nalishlarda amaliyotga joriy qilingan:

ichki audit xizmatini samarali tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif asosida O‘zbekiston auditorlar palatasi qoshida Ichki audit qo‘mitasi tashkil etilgan (Moliya vazirligining 2016 yil 31 maydagi MM/17-02-35/290-son ma’lumotnomasi; O‘zbekiston auditorlar palatasi-ning 2015 yil 14 maydagi 48/1-son ma’lumotnomasi). Ichki audit qo‘mitasining tashkil qilinishi ichki audit faoliyatini muvofiqlashtirish va uni alohida yo‘nalishlarga ajratish, keyinchalik esa Ichki auditorlar institutini tashkil etish uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi;

ichki audit xizmati faoliyatini maqsadli tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif asosida «DORI-DARMON» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida ichki audit xizmati tuzilgan («DORI-DARMON» AKning 2016 yil 11 martdagi 24-05/490-son ma’lumotnoma).Ichki audit xizmatining tuzilishi tigishli faoliyatni maqsadli amalga oshirish, auditorlik xizmati samaradorligini oshirish va natijalar ishonchliligi asosida «DORI-DARMON» AKning sof foydasini 0,9%ga (209,1 mln. so‘m) oshirish va tashqi auditorlik tekshiruvini o‘tkazishga ketadigan xarajatlar miqdorini 20,8%ga (26,01 mln.so‘m) qisqartirish imkonini bergan;

ichki nazorat sifatini oshirish uchun ishlab chiqilgan ichki audit metodikasi O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (2015 yil 12 oktyabrdagi 118/MM-son ma’lumotnoma). Mazkur metodika ichki nazoratni yanada sifatli ma’lumot-larni olish va ular asosida ishonchli xulosalarni shakllantirish imkonini beradi;

ichki auditorlar faoliyatining uch guruhdan iborat ichki standartlari xalqaro «Deloitte & Touche» auditorlik tashkiloti tomonidan amaliyotga joriy etilgan («Deloitte & Touche» auditorlik tashkiloti 2016 yil 11 martdagi ADM/75-16-son ma’lumotnomasi). Standartlarning joriy qilinishi natijasida ichki auditni tartibga solishni sifatli tizimlashtirish va ichki auditorlik tekshiruvi samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish