Mo‘minova Ra’no Dalabaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pomidor ekinida ACARIPHORMES turkumi vakillarining zarari va ular miqdorini boshqarishni takomillashtirish”, 06.01.09 –O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Qx303.
Ilmiy rahbar: Mamatov Kamol Shavqievich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Shamil` Tursunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Bobobekov Qalandar, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Respublikamizning Toshkent viloyati sharoitida pomidorda Acariphormes turkumi vakillarining tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari, tarqalishi, zararlilik darajasini aniqlash va ularga qarshi uyg‘unlashgan kurash choralarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pomidor ekinida kanalarning bioekologik xususiyatlari va populyasiyalarining shakllanishi o‘rganilib, iqtisodiy zararlilik miqdor mezoni ishlab chiqilgan;
pomidor agrobiotsenozida kanalar tabiiy entomofaglarining tur tarkibi va ularning samaradorligi aniqlangan;
kanalarning sonini boshqarishda yangi turdagi akarisidlar o‘rganilib, ularni ishlatishni maqbul muddati va me’yorlari hamda ishlatish texnologiyasi yaratilgan;
pomidor ekini agrobiotsenozida Acariphormes turkumiga mansub zararkunandalarga qarshi biologik, hamda kimyoviy vositalarning biologik, xo‘jalik va iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pomidor ekini agrobiotsenozida zararli kanalarning miqdorini boshqarish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
pomidorda kanalarga qarshi bir qator istiqbolli zamonaviy akarisidlar o‘rganilib, ijobiy baho olganlari amaliy tavsiya qilingan (Vertumek 3,6% em.k. (0,2 l/ga), Abamin, 5% (0,1 l/ga), Kalito, 18,6 % em.k. (0,225 l/ga), Entomektin Ekstra, 3,6 % sus.k. (0,15 l/ga), Kolo, 50% sus.p. (1,0 l/ga), Benthos 1,8% em.k. (0,5 l/ga), Rimon Fast, 10% sus.k.(0,3-0,7 l/ga) va joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasining 2019 yil 12 fevraldagi 2-6/1-41-son ma’lumotnomasi) Natijada ularning ishlatish reglamentlari belgilangan;
pomidor ekinida zang kana va o‘rgimchakkanaga qarshi yangi kimyoviy preparatlarni Qibray tumani «Bekpo‘lat Agro Omad» va Toshkent tumani «Sevara brend style» fermer xo‘jaliklarida jami 24,5 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 maydagi 02/023-204-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu preparatlar qo‘llanilganda 85,0-93,4% biologik samaradorlikka erishilgan hamda gektaridan nazoratga nisbatan o‘rtacha 13,2-13,5 tonna pomidor hosili saqlab qolish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish