Turdieva Oydin Zafardinovnaning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: : «Hozirgi zamon eron hikoyanavisligining g‘oyaviy-estetik xususiyatlari va janr dinamikasi». 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha (filologiya fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy- pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /katta ilmiy xodim izlanuvchi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 28.04.2016/B2016.2.Fil32
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni. Mannonov Abdurahim Mutalovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 16.07.2013.Fil.09.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni. R.Inomxo‘jaev, filologiya fanlari doktori, professor; H.Homidiy, filologiya fanlari doktori, professor; D.Salohiy, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hozirgi zamon eron hikoyachiligining rivojlanish dinamikasi va g‘oyaviy-estetik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hozirgi zamon eron adabiyotida hikoya janrining vujudga kelishi va shakllanishi asoslangan;
ijodiy ta’sir, an’ana va novatorlik, hikoyalarning oldingi bosqichlarda yozilgan hikoyalar an’analariga o‘xshash hamda farqli jihatlari isbotlangan;
eron hikoyanavisligida voqelikni tasvir etishning XX asrda eng muhim va dolzarb hisoblangan realistik va modernistik yo‘nalishlardagi badiiy metodlarining alohida yozuvchilar ijodida aks etishi dalillangan;
eron zamonaviy hikoyasining XXI asr boshida badiiy-estetik jihatdan turlanishi va qisqa hikoya (داستان کوتاه کوتاه یا داستانک) janrining xususiyatlari asoslangan;
eron bolalar adabiyotining yuksalishida hikoyanavislikning o‘rni va bolalar mavzusida yozilgan hikoyalarning tarbiyaviy-ma’rifiy mohiyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi zamon eron hikoyanavisligining g‘oyaviy-estetik xususiyatlari va janr dinamikasiga oid olingan natijalar asosida:
fors va o‘zbek hikoyanavisligining mushtarak jihatlariga oid ilmiy-nazariy qarashlaridan FA–F1–G040 «O‘zbek adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida: tipologiya va adabiy ta’sir» nomli fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan. Taklif qilingan qarashlar adabiy ta’sir va qiyosiy-tipologik tahlil rivojiga xizmat qilgan;
eron adabiyotida hikoya janrining shakllanishi va rivoji, an’ana va novatorlik, ijodiy ta’sir masalalari bilan bog‘liq nazariy xulosalar F–1–139 «Sharq mamlakatlari adabiyoti va janrlar tipologiyasi» mavzuidagi fundamental tadqiqot loyihasida eron hikoyasining vujudga kelish va taraqqiyot omillarini asoslashda foydalanilgan. Xulosalarning joriy etilishi sharq malakatlari adabiyotini yangi materiallar bilan boyitgan;
davr yozuvchilarining badiiy mahoratiga taalluqli mulohazalari A-1-180 «Tarjima va madaniyatlararo muloqot masalalariga oid o‘quv qo‘llanmalari yaratish» mavzuidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan. Mazkur mulohazalar hozirgi zamon o‘zbek va fors hikoyalarining o‘ziga xos xususiyatlari, ularda ilgari surilgan g‘oyalar, mavzular ko‘lami, syujet va kompozision qurilishini asoslash imkonini bergan.