Ablazova Moxichexra Mirakbarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Issiqxona sharoitida oqqanot va shiralarga qarshi entomopatogen zamburug‘larni qo‘llash usullarini takomillashtirish», 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Qx297.
Ilmiy rahbar: Sulaymonov Botirjon Abdushukirovich, biologiya fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc. 27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Shamil` Tursunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xujaev Otabek Timurovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyati sharoitida issiqxonalarda tarqalgan oqqanot va shira hasharotlarida kasallik qo‘zg‘atuvchi entomopatogen zamburug‘larni o‘rganish va shular asosida ularni bu zararkunandalarga qarshi qo‘llash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent viloyatining issiqxona sharoitida entomopatogen zamburug‘larining tarqalishi o‘rganilgan;
issiqxonalardagi oqqanot va shira zararkunandalarining kasal hamda nobud bo‘lgan namunalaridan ajratib olingan 32 ta zamburug‘ turidan 15 tasi entomopatogen zamburug‘lar ekanligi aniqlangan;
sof kul`turalari ajratib olingan entomopatogen zamburug‘larning oqqanot va shiralarga nisbatan patogenlik hamda virulentlik xususiyatlari aniqlangan;
Paecilomyces varioti Bain. va Beauveria bassiana (Bals.) Vuill. zamburug‘ turlarining har xil oziqa muhitlarida o‘sish tezligi, tashqi muhit omillariga chidamliligi va oqqanot hamda shiralarga qarshi agressivlik xususiyati yuqori bo‘lgan shtammlar tanlab olingan;
tanlab olingan samarali shtammlarning oqqanot va shira zararkunandalariga qarshi qo‘llashning maqbul me’yorlari va muddatlari topilgan;
entomopatogen zamburug‘ shtammlarini insektisidlar bilan birga qo‘llashning biologik va iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Issiqxona ekinlarining oqqanot va shira zararkunandalariga qarshi entomopatogen zamburug‘larni qo‘llashni biologik asoslash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Toshkent viloyati Parkent tumanidagi «Eco Fruit Asiya» fermer xo‘jaligining issiqxonalarida pomidorning g‘o‘za va issiqxona oqqanotiga hamda poliz shirasiga qarshi B.bassiana va P.varioti entomopatogen zamburug‘larning shtammlari 2 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 20 iyundagi 02/025-769-son ma’lumotnomasi). Natijada biologik samaradorlik oqqanotlarga nisbatan 5,8–81,3%, shiraga nisbatan 76,2–81,3% bo‘lgan;
entomopatogen zamburug‘larning shu shtammlari Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani «Mahmudbek» fermer xo‘jaligi issiqxonalarida 3 gektar maydonda oqqanotga qarshi joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 20 iyundagi 02/025-769-son ma’lumotnomasi). Natijada biologik samaradorlik 61,4–84,0% ni tashkil etgan;
Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanidagi «Dehqon Agro» MChJ issiqxonasida pomidor o‘simligida issiqxona oqqanoti va bodring o‘simligida issiqxona oqqanoti hamda poliz shirasiga qarshi yuqoridagi shtammlar 1 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 20 iyundagi 02/025-769-son ma’lumotnomasi). Natijada biologik samaradorlik issiqxona oqqanotiga nisbatan 53,1–86,7%, poliz shirasiga nisbatan esa 75,6–80,1% ni tashkil etgan;
tugallangan ilmiy ishlarning ishlab chiqarish sinovi Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani «FRESH-ROZE» MChJning 2 gektar issiqxonasida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 20 iyundagi 02/025-769-son ma’lumotnomasi). Natijada Fufanon 57% em.k. insektisidi bilan birga P.varioti EMR-57 shtammini titri 6∙107 khqb/ml bo‘lgan suspenziyasi pomidor ekinidagi issiqxona oqqanotiga nisbatan qarshi qo‘llanilganda 100 m2 issiqxona maydonidan nazoratga nisbatan 14,9 sentner pomidor hosili saqlab qolingan.