Nurimbetov Timur Uzakbergenovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash yo‘nalishlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)», 08.00.04–Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Iqt371.
Ilmiy rahbar: Samatov G‘affor Allakulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.I.10.03
Rasmiy opponentlar: Nazarova Fotima Xakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aliev Yashnar Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini diversifikatsiyalashning yo‘nalishlari va uslublarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash yo‘nalishlarini belgilash mintaqani ishlab chiqarish salohiyati bo‘yicha “shartli hudud”larga ajratish asosida takomillashtirilgan;
Qishloq xo‘jaligi vazirligida “Agrobiznes va marketing” bo‘limini tashkil etish asosida qishloq xo‘jalik mahsulotlar bozorini tartibga solish va yagona axborot tizimini shakllantirish taklif etilgan;
mintaqadagi chorvachilik mahsulotlarini etishtirishga ixtisoslashgan klasterlik faoliyatini autsorsing munosabatlarini joriy etish asosida takomillashtirish asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash imkoniyatlaridan foydalanish hisobiga qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti qiymatining 2019–2023 yillargacha bo‘lgan prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiyalash uslublarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash yo‘nalishlarini belgilashga oid asoslangan taklif va tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 7 oktyabrdagi 03/027-3077-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining turli hududlarida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini samarali tashkil etishni ta’minlovchi diversifikatsiyalash yo‘nalishlarini aniq belgilash imkoni yaratilgan;
mintaqadagi chorvachilik mahsulotlarini etishtirishga ixtisoslashgan klasterlik faoliyatini autsorsing munosabatlarini joriy etish asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 7 oktyabrdagi 03/027-3077-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi chorvachilik mahsulotlarini etishtirishga ixtisoslashgan klasterlar faoliyatida autsorsingdan foydalanishga alohida e’tibor qaratilib, agrosanoat integratsiyasining yanada kuchaytirish imkoniyati yaratilgan;
Qishloq xo‘jaligi vazirligida “Agrobiznes va marketing” bo‘limini tashkil etish asosida qishloq xo‘jalik mahsulotlar bozorini tartibga solish va yagona axborot tizimini shakllantirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 7 oktyabrdagi 03/027-3077-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibida qishloq xo‘jalik mahsulotlar bozorini tartibga solish va yagona axborot tizimini shakllantir ish imkoniyati yaratilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash imkoniyatlaridan foydalanish hisobiga qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti qiymatining 2019–2023 yillargacha bo‘lgan prognozi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 7 oktyabrdagi 03/027-3077-son ma’lumotnomasi). Prognoz hisob-kitoblarga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi ekinlar maydoni bir ming gektarga oshishi qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotini o‘rtacha 6,2273 mlrd. so‘mga, asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalarning bir mlrd. so‘mga oshishi qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotini o‘rtacha 4,5563 mlrd. so‘mga, qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan aholi sonining bir ming kishiga oshishi qishloq xo‘jaligining yalpi mahsulotini 21,5602 mlrd. so‘mga oshishiga ta’sir ko‘rsatishi asoslangan.