Tulabaeva Ruxsora Sayfullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xudoyberdi To‘xtaboev romanlarida badiiy psixologizm”, 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil134.
Ilmiy rahbar: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.27.06.2017.Fil.46.01
Rasmiy opponentlar: Quronov Dilmurod Haydaralievich, filologiya fanlari doktori, professor; Matjonov Safo, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xudoyberdi To‘xtaboev asarlari misolida badiiy psixologizm, bolalar obrazi psixologiyasi, ijodkor ruhiy olami va qahramon munosabati kabi masalalarni tadqiq etish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek bolalar nasrida, xususan, X.To‘xtaboev romanlarida psixologizm, psixologik tahlil, psixologik tasvir mahorati masalasi o‘rganilgan va badiiy psixologizmga doir ilmiy-nazariy xulosalar umumlashtirilgan;
X.To‘xtaboev romanlarida badiiy psixologizm, bolalar ruhiyati muammosi, bolalar (o‘smirlar) psixologiyasining o‘ziga xos jihatlari, bolalar va kattalar aro munosabatlar, psixologizmni yuzaga chiqarishda noverbal muloqotning o‘rni kabi masalalar ochib berilgan;  
X.To‘xtaboev romanlarida keksalar psixologiyasining bolalar psixologiyasi bilan uyg‘un holatda yoritilishi biografik metod talablaridan kelib chiqqan holda isbotlangan;
bolalar xarakterining turli qirralari, milliylik xususiyatlari hamda badiiylik jihatlari ochib berilgan;
urush davri fojialarining bolalar ruhiyatiga ta’siri, moddiy qiyinchiliklar holatida bola ruhiyatida yuzaga kelgan ziddiyatlar tahlili yuzasidan keltirilgan xulosalar dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xudoyberdi To‘xtaboev romanlarida badiiy psixologizm bo‘yicha olingan natijalar asosida:
adib romanlarida badiiy psixologizmga oid bolalar ruhiyati, bola obrazi tabiati va ichki olami singari tahlil natijalaridan Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-61 raqamli “Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlari bo‘yicha audiokitob ta’minotini yaratish” (2015–2017 yy.) amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 18 martdagi 89-03-1066-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek bolalar nasrida badiiy psixologizm, bolalarda verbal va noverbal muloqot shaklining ahamiyati haqida nazariy xulosalar chiqarilgan;
X.To‘xtaboev romanlarida badiiy obraz tasviriga oid obraz psixologiyasi, bola obrazi qirralarini namoyon etuvchi jihatlar tahlili natijalaridan Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-118 raqamli “Alisher Navoiy obrazining tasvir va talqinlariga oid o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash va nashr etish” (2015–2017 yy.) amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 10 iyundagi 89-03-2425-son ma’lumotnomasi). Natijada X.To‘xtaboev romanlarida badiiy obraz tasviri, obraz psixologiyasi haqida nazariy xulosalar chiqarilgan;
adib romanlarida keksalar psixologiyasining bolalar psixologiyasi bilan uyg‘un holatda biografik metod natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tasarrufidagi “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti tomonidan bajarilgan A-1-107 raqamli “XX asr o‘zbek mumtoz adabiyotshunosligi”, “XX asr o‘zbek fol`klorshunosligi antologiyalarini nashrga tayyorlash” (2015–2017) mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2019 yil 18 oktyabrdagi 06-4138-son ma’lumotnomasi) Natijada X.To‘xtaboev romanlarida badiiy psixologizm, badiiy adabiyotda bolalar psixologiyasining o‘ziga xos jihatlari kabi masalalar haqida nazariy xulosalar chiqarilgan;
bolalar xarakterining turli qirralari, milliylik xususiyatlari hamda badiiylik jihatlaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” telekanali tomonidan tayyorlanib, efirga uzatilgan “Assalom O‘zbekiston!”, “Oydin hayot”, “Fikr.uz” ko‘rsatuvlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan (“O‘zbekiston” telekanalining 2019 yil 17 apreldagi 02-13/746-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuvlar orqali bolalar adabiyoti, xususan, X.To‘xtaboev asarlarining badiiy qimmati, mavzu-mundarijasiga oid muhim fikrlarni taqdim etishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish